Breaking News

Robotlar odamlarning ishini tortib oladimi?


O'zi harakatlanuvchi yuk mashinalari
O'zi harakatlanuvchi yuk mashinalari

Texnologiya taraqqiy etib borar ekan, ko'plab kompaniyalar o'zi harakatlanadigan yuk mashinalariga o'tmoqda. Bu esa AQShdagi 3,5 million haydovchining ish joyini olib qo'yadi degan xavotirni oshirmoqda. Sanoatda avtomat dastgohlarning oldingi to'lqinida millionlab ish o'rinlari boy berilgan edi. Bundan norozi aholi kayfiyati siyosiy sahnada ham aks etdi.

Avtonom harakatlanadigan mashinalar allaqachon konlarida ishlamoqda. Ularni poygalarda ham ko'rish mumkin.

Milliy trassa harakati xavfsizligi bo'yicha sobiq rasmiy Chen Lyuga ko'ra, robot haydovchilar davri kutilgandan ham tezroq kelmoqda.

"Butunlay o'zi yuradigan mashinalar davriga yaqinmiz", - deydi u.

Millionlab amerikaliklar yuk mashinasi haydaydi. Bu ish o'rinlari yo'qolib boraveradi, deydi ekspertlar. Chunki robot mashinalarning xarajati va xatolari kam bo'ladi.

Avtomat mashinalar ko'proq mahsulot chiqarish imkonini beradi. Robotlar kasaba uyushmalariga qo'shilmaydi, ortiqcha maosh talab qilmaydi.

Federal bank raisi Janet Yellen ham vaziyatdan xabardor.

"Bu o'zgarishlardan aziyat chekadigan ishchilarga yangi imkoniyatlar yaratish, boshqa ishlarga tayyorgarlikdan o'tkazish iqtisodiyot taraqqiyoti uchun muhim", - deydi u.

Qizig'i, ishlarning boy berilishi jiddiy iqtisodiy va siyosiy muammoga aylangan bir paytda ayrim texnologiya ishlariga mutaxassis yetishmayapti.

Iqtisodchi Ken Saymonson fikricha, kavsharlovchi, elektromontyor va quvurchi kabi ishchilarga ehtiyoj katta.

"Ko'plab sanoatlarda malakali mutaxassislarni topish yoki yangi ishchilar malakasini oshirish qiyin vazifaligicha qolmoqda", - deydi Saymonson.

"Nyuport Nyus" kemasozlik kompaniyasida, masalan, ko'plab yoshlar shogirdchilik asosida ish o'rganmoqda.

Ammo tadqiqotchi Deyvid Vikzerga ko'ra, vaziyat hamma joyda har xil.

"Har doim bir odamni bir ishdan boshqa ishga o'tkazsangiz, xavf oshadi. Uni o'zi shu paytgacha qilib yurgan ishiga o'tkazgan yaxshiroq", - deydi u.

Iqtisodchi Deyvid Autorning aytishicha, 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida amerikalik ishchilar qishloq xo'jaligidan ishlab chiqarish sanoatiga o'tgan.

"Ilgari ham iqtisodiy o'tish bosqichlari bilan yuzlashganmiz va ulardan muvaffaqiyatli o'tganmiz", - deydi u.

Sanoatda yana bir bor silkinish kuzatilishi mumkin. Chunki avvalgi o'zgarishlar ham silliq kechmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG