Amerikaliklar: Ayanchli iqtisodiy vaziyatda asosan siyosatchilar aybdor


Amerikaliklar: Ayanchli iqtisodiy vaziyatda asosan siyosatchilar aybdor

Amerikaliklar: Ayanchli iqtisodiy vaziyatda asosan siyosatchilar aybdor

Qo’shma Shtatlar byudjet kamomadini kamaytirish uchun maxsus qo’mita tuzmoqda.

Respublikachi va demokrat qonunchilardan iborat guruh kelasi uch oyda tavsiya va takliflar bilan chiqishi lozim.

AQSh Federal zaxira bankiga ko’ra, mamlakatda iqtisodiy vaziyat og’irligicha qolmoqda, kelasi yilda ham bu sohada ijobiy yangilik kutmang.

Markaziy bankning navbatdagi yig’ilishida e’lon qilingan raqamlar uzoq muddatli krizisdan darak bermoqda. Foiz stavkalarini 2013 yil o’rtalarigacha past miqdorda saqlashga qaror qilingan.

Amerikaliklar: Ayanchli iqtisodiy vaziyatda asosan siyosatchilar aybdor

Amerikaliklar: Ayanchli iqtisodiy vaziyatda asosan siyosatchilar aybdor

Dunyoning eng yirik iqtisodiyoti shu ahvolda ekan, Amerika, qolaversa, Yevropa va Osiyo qimmatbaho qog’ozlar bozori ham sarosimada. Aksiyalar bahosi tushib ketgan.

Davlat qarzi tobora oshib borayotgani va buning ustida kechayotgan cheksiz siyosiy tortishuvlar tufayli AQSh kredit reytingi “a’lo” bahodan ayrildi. Muammolar serob, lekin Yevropa ham qolishmaydi, deydi moliyaviy ekpert Alan Valdez.

“Amerikaning kredit reytingi pastlagani mayli, Yevropada ahvol bundanda tang. Italiya yoki Ispaniyadek yirik davlatlar bankrot bilan yuzlashmasa bo’lgani. Investorlar yuragini hovuchlab o’tiribdi”, - deydi ekspert.

Ikki qit’adagi tanazzul o’sish sur’ati global miqyosda sekinlashadi degani. Tahlilchi Jon Xins fikricha, AQSh Markaziy bankidan ko’p narsa kutmasa ham bo’ladi.

Amerikada hozir ishsizlar soni 14 million

Amerikada hozir ishsizlar soni 14 million

“Bu idora o’z ixtiyoridagi barcha moliyaviy vositalarni ishga solib bo’ldi hisob. Bu yog’i islohot va bozorning o’ziga havola. AQShda xarajat kesilayotgani oqibatida ko’p dasturlar qisqaradi, bu o’z navbatida o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi”, - deydi Xins.

Aksar amerikaliklar mamlakat shu ahvolga kelib qolganida siyosatchilarni ayblaydi.

“Kongress o’z ishini, bu oliy organga saylangan vakillar xalq oldidagi mas’uliyatini unutib qo’ygan. Global dunyoda hamma narsa bir-biriga chambarchas bog’liq. Amerikadagi muammolar Yevropada aks-sado beradi. Vaziyatni qanday o’nglashni hech kim bilmaydi”, - deydi fuqaro.

XS
SM
MD
LG