Amerikada tahsil olish haqida forum

  • Amerika Ovozi

Florida davlat universiteti

Jorj Vashington universitetida o’tgan forumda xorijiy talabalar viza olish, o’qish uchun moliyaviy yordam haqida savollar so’radi. Amerikada o’qimoqchi bo’lgan chet ellik yoshlar o’z savollarini ijtimoiy sahifalar orqali yubordi. Ba’zilar AQShning immigratsiya bobidagi yangi tartibi va viza qoidalari o’qishga qabul qilinishga qanchalik ta’sir qilishi bilan qiziqdi.

Universitet prorektori Duglas Shoning aytishicha, Amerika ilm dargohlarining eshiklari barcha uchun ochiq.

“Jorj Vashington universiteti xalqaro talabalar sonini oshirishni ko’zlamoqda”, - dedi u.

Yoshlar Amerika universitetlarida ta’lim olish qanchaga tushishi bilan ham qiziqdi. Xyuston ijtimoiy kollejida talabalarga xizmat ko’rsatish idorasi direktori Byanka Shonbergning aytishicha, o’qishni avval ikki yillik ijtimoiy kollejlardan boshlagan ma’qul.

“Chunki to’rt yillik universitetlarda ham dastlabki ikki yil umumiy kurslar o’tiladi, buni ancha arzon bo’lgan ijtimoiy kollejlarda ham o’qisa bo’ladi”, - deydi u.

Bo’lajak talabalar moliyaviy yordam imkoniyatlari haqida ham so’radi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xorijiy studentlar AQSh davlat kreditlarini ololmaydi, ammo, dedi Brigem Yang (Brigham Young) universiteti vakili Sem Braun, ular uchun boshqa imkoniyatlar bor.

“Ba’zida muayyan bir ta’lim dasturi orqali stipendiya yoki moliyaviy yordam taklif etiladi. Masalan, agar universitetda hisobchilikka o’qiyotgan bo’lsangiz, hisobchilik dasturi grantlar berishi mumkin. Bundan tashqari, korporatsiyalar, turli tashkilotlardan ham yordam olsa bo’ladi”, - deydi u.

“Amerika Ovozi” 90 daqiqalik tadbirni to’g’ridan-to’g’ri yoritgan, uni internet orqali tomosha qilishingiz mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG