Misrda vaqtli bosh vazir nomzodi ustida janjal, namoyishlar

  • Amerika Ovozi

Barodiy nomzodiga islomiy kuchlar qarshi. Hukumat o’zgarayotgan paytda Misrda prezident faqat ramziy vakolatga ega va aksariyat hokimiyat bosh vazir qo’lida bo’ladi.

Barodiy nomzodiga islomiy kuchlar qarshi. Hukumat o’zgarayotgan paytda Misrda prezident faqat ramziy vakolatga ega va aksariyat hokimiyat bosh vazir qo’lida bo’ladi.

Misrda hokimiyatdan ag’darilgan rahbar Muhammad Mursiy tarafdorlari va unga qarshilar bugun poytaxt Qohirada namoyish qilayapti.

Ikki kun oldin shaharda ikki tomon o’rtasidagi qaqshatqich janglar 30 dan ziyod odamni hayotdan olib ketgan edi. Qarama-qarshi guruh muvaqqat bosh vazir nomzodi ustida tortishayapti.

Kecha mamlakatda tanilgan arbob, BMT Atom energiyasi agentligi sobiq rahbari Muhammad al-Barodiy nomzodi lavozimga ko’rsatilgan edi. Biroq ko’p o’tmay, vaqtli hukumat masala faqat muhokamada, tugal qaror qabul qilinganicha yo’q, deyildi.

Xususan, islomiy kuchlar liberal, erkin qarashlari bilan mashhur, G’arbda olqishlanayotgan al-Barodiy nomzodiga qat’iyan yo’q, demoqda.

Hukumat o’zgarayotgan paytda Misrda prezident faqat ramziy vakolatga ega va aksariyat hokimiyat bosh vazir qo’lida bo’ladi.

“Amerika Ovozi” muxbiri Sharon Benning Qohiradan xabar berishicha, biror taraf bo’sh kelmayapti. “Prezident Mursiyni yoqlagan kuchlar murosa qilishdan bosh tortayapti”, - deydi u. “Demokratik saylovlar yo’li bilan tanlangan rahbar lavozimida qayta tiklanishi kerak, deya talab qiladi ular”.

Misr armiyasi o’tgan chorshanba yurtning erkin saylovlar orqali tanlangan ilk prezidenti Muhammad Mursiyni va unga sodiq Musulmon Birodarlar yetakchilarini hibsga olgan edi. Harbiylarning aytishicha, bu – muxolifat ommaviy namoyishlarining oldini olish uchun zarur chora edi. Oppozitsiya nazarida Mursiy 2011-yilgi qo’zg’olonda olg’a surilgan qadriyatlarni oyog’osti qildi.

Prezident hukumatdan ag’darilgach, harbiylar konstitutsiyani bekor qildi, yangi saylovlarga da’vat etib, muvaqqat boshliq etib Adli Mansurni tayinladi.

Amerika prezidenti Barak Obama Misrdagi siyosiy tanazzuldan xavotir bildirmoqda. Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar biror tarafni yoqlamaydi.

Davlat kotibi Jon Kerri Misrdagi demokratik jarayonlar muvaffaqiyatli kechishiga umid bildirayapti. Ixtilofni hamma tomonlar birgalikda, kelishib hal qilishi mumkin va hukumat avvalo xalqning talablariga quloq tutishi kerak, deydi Kerri.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG