Misrdagi xurujda bosh prokuror nobud bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Portlashdan so'ng, Misr, Qohira, 29-iyun, 2015-yil

Portlashdan so'ng, Misr, Qohira, 29-iyun, 2015-yil

Misr poytaxti Qohirada bugun xuruj sodir etilib, mamlakat Bosh prokurori Hisham Barakat halok bo'lgan. Avvaliga uning yengil jarohat olgani haqida xabar qilingan edi, biroq so'ng davlat matbuoti uning murakkab operatsiyadan so'ng jon berganini ma'lum qildi.

Voqea shaharning Geliopolis tumanida ro'y bergan. Prokuror ishga ketayotganida mashinaga o'rnatilgan bomba portlagan. Xurujni hozircha hech kim bo'yniga olgani yo'q.

Misr televideniyesiga ko'ra, yaqinda "Islomiy davlat" Sinay yarimorolidagi Arish shahrida uch sudyani otib o'ldirgan. Biroq boshqalar fikricha, bu ishga "Musulmon birodarlar" qo'l urgan. Xuruj ularning yetakchilari sudda o'limga mahkum etilganidan so'ng sodir bo'lganiga ishora qilinadi.

"Musulmon birodarlar" faoliyati Misrda rasman man qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG