Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi


Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

Husni Muborak iste’fosidan so’ng hokimiyatni qo’lga olgan harbiylar bu haqda televideniye orqali e’lon qildi.

Bayonotga ko’ra, amaldagi vazirlar mahkamasi Misrda yangi hukumat tuzilgunga qadar ishlab turadi. Saylovdan so’ng hokimiyat noharbiy rahbarlar qo’liga o’tishi rejalangan.

Saylovlar qachon o’tishi hozircha noma’lum.

Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

18 kun davomida namoyishchilar o’ziga minbar qilgan “Tahrir” maydoni hozir ancha bo’shab qolgan. Armiya oddiy fuqarolar, ko’ngillilar yordami bilan maydonni axlat va barrikadalardan tozalashga kirishgan.

Tuzumga ishonch yo’q, deya palatkalarni tark etishdan bosh tortayotganlar ham yo’q emas. “O’tish davri qanday kechadi, bizga aniq tushuntirib berishsin”, - deydi ular.

82 yoshli Husni Muborak ayni paytda Misrning Sharm al-Shayx kuror shahrida ekani taxmin qilinadi. Uning qo’li ostida ishlagan rasmiylar mamlakatni tark etishi taqiqlangan.

Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

Ayrim xabarlarga ko’ra, Muborak Misrni tark etgan bo’lishi ham mumkin.

"Sentyabrgacha prezidentlikda qolaman" deb bayon qilgan prezident 11 fevral kuni, odamlar prezident saroyi va davlat idoralarini qurshab olgach iste’fo bergan.

Bu orada, Shveytsariya Muborak va uning oilasiga tegishli deb gumon qilingan bank hisob raqamlarini muzlatishga qaror qilgan. Ularning boyligi 40-70 milliard dollar orasida deb baholanadi.

Misrliklar, jumladan muxolifat va vatanga qaytgan arboblar hukumat bundan buyon xalq xizmatida bo’lishiga ishonamiz deydi.

Dunyo ahli Misrda 30 yillik prezident xalq talabi bilan iste’foga chiqqanini olqishlamoqda. AQSh va Yevropa Ittifoqi nazarida Misr demokratiyaga o’tishi uchun barcha eshiklar ochiq.

Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

Misr imzolagan barcha xalqaro kelishuv, majburiyatlar o’z kuchida qoladi

Bugun Xitoy Kompartiyasi qudratli davlatlar Misrning ichki ishlariga aralashmasligi lozim, deya bayonot berdi.

Davlat axborot vositalari Muborakning iste’fosiga yetaklagan yirik namoyishlar haqida qisqa xabar tarqatgan, xolos. Xitoyda bu mavzudagi internet saytlarga to’siq qo’yilgan.

Isroil hukumati Misr bilan o’tgan asrda imzolangan tinchlik kelishuvi o’z kuchini saqlab qolishiga umid bildirmoqda.

Obama ma’muriyati Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga “biz siz bilan” deya, admiral Mayk Mullenni mintaqaga safarbar etmoqda.

Bosh shtab qo’mondoni, admiral Mullen Iordaniya va Isroilda muzokaralar o’tkazadi.

Yaman, 12 fevral 2011

Yaman, 12 fevral 2011

Tunis va Misr ketidan Iordaniyada ham besh haftadan beri protestlar. Isroil esa Misrda islomiy guruhlar hokimiyatga keladi degan xavotirini yashirmaydi.

Bugun Yaman poytaxti Sana shahrida ham minglab fuqaro prezident Ali Abdulla Solih iste’fosini talab qilib namoyishga chiqqan.

Abdulla Solih Husni Muborak singari 1978 yildan beri boshqaruvda o’tiribdi. Ammo 2013 yilda muhlati bitgach, boshqa saylanmaslikka so’z bergan.

Qo’shni Jazoirda qurolli kuchlar poytaxtda rejalangan namoyishlarni bostirishga shay turibdi. Misr kabi bu davlatni ham prezident Abdulaziz Buteflika 19 yildan beri favqulodda qonunlar bilan idora etib keladi.

Baxraynda faollar xalqni dushanba kuni ko’chaga chiqishga undar ekan, buning oldini olish uchun qirollik har bir oilaga ming dollardan tuhfa qilmoqda.

XS
SM
MD
LG