Qonli to'qnashuvlar ketidan Qohira bir oz tinch

  • Amerika Ovozi

Qohira, 5-may 2012

Qohira, 5-may 2012

Misrda muvaqqat boshqaruvga qarshi namoyishlar davom etarkan, kecha Qohirada bir askar o’lib, 3000 ga yaqin odam jarohatlangan. Tunda shaharda kommendant soati e’lon qilingan.

Uch haftadan keyin mamlakat fuqarolar prezident uchun ovoz beradi. Harbiy rahbarlar hokimiyatni topshirishga tayyorgarlik ko’rayotgani, Misr demokratik tuzumga aylanayotganini aytmoqda.

Lekin oddiy xalq orasida bunga ishonch past. Armiya Misrda hamisha katta kuch, parallel rejim bo’lib kelgan, deydi kecha juma namozidan keyin Mudofaa vazirligi oldida yig’ilgan minglab namoyishchilar. Politsiya bilan to’qnashar ekan, 300 kishi qamoqqa olingan. O’tgan ikki kun ichida 11 kishi halok bo’lgan.

Prezident saylovlari 23-24 may kunlari bo’lib o’tadi. Harbiy rahbarlar jarayon erkin va adolatli o’tadi degan va’da bermoqda.

Qohiradagi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG