Misr rasmiylari va shifokorlarning aytishicha, xavfsizlik kuchlari va prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari o’rtasidagi to’qnashuvlarda o’nlab odam halok bo’lgan.

Bir necha shaharda, xususan Qohira yaqinidagi Robiya al-Adaviya masjidida otishma ro’y berib, 38 kishi o’lgan. Nasr shahridagi kasalxonada vrachlar qo’li-qo’liga tegmay ishlayapti, deydi guvohlar.

Misrdagi muxbirimiz Elizabet Arrotning xabar berishicha, Nasr ko’chasida bir necha g’isht devorlar zobitlarni namoyishchilardan ajratib turidbi. Ularni kim qurgani ma’lum emas.

Misr Ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda muvaqqat hukumat namoyishlarni qonuniy yo’l bilan tarqatishga harakat qilayotganini aytdi.

Harbiylar Mursiy tarafdorlarini o’qqa tutgani haqidagi da’volar asossiz, deydi u.

Fitnada ayblanayotgan prezident Muhammad Mursiy esa Qohiradagi Tora qamoqxonasiga ko’chiriladi, deydi u. 2011-yilgi inqilob paytida sobiq prezident Husni Muborak va boshqa rasmiylar ham shu yerda saqlangan.

Mursiy 3-iyuldan beri ommaga ko’ringani yo’q. Rasmiy xabarlarga ko’ra, uning Xamas jangari guruhi bilan aloqalari tekshirilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG