Breaking News

Misr parlamenti Musulmon Birodarlar iznida bo'ladi


Misr parlamenti Musulmon Birodarlar iznida bo'ladi
Misr parlamenti Musulmon Birodarlar iznida bo'ladi

Misr parlament saylovlarida Musulmon Birodarlar ostida birlashgan partiyalar 47 foiz ovoz bilan g’olib chiqqan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Abdul Moez Ibrohimning bayon qilishicha, Erkinlik va Adolat Partiyasi qonunchilik organidagi 498 o’rinning 235 tasini yutgan. Bu partiya Musulmon Birodalarning asosi hisoblanadi.

Natija xalq istagini aks ettiradi, deya bildiradi Markaziy saylov komissiyasi
Natija xalq istagini aks ettiradi, deya bildiradi Markaziy saylov komissiyasi

Islomiy “Al-Nur” partiyasi 29 foiz ovoz bilan ikkinchi eng yirik siyosiy kuch bo’ladi.

O’rinlarning uchdan bir qismi boshqa partiyalar va individual nomzodlarga tekkan.

Yangi parlament endi yangi bosh qomus ustida ishlay boshlashi kerak. Keyin esa prezident saylovlari bo'lib o'tadi.

Boshqaruv ayni damda harbiylar qo'lida. Iyul oyiga borib Misr yangi parlament va yangi prezidentga topshiriladi, deya bildiradi Qurolli Kuchlar Oliy Kengashi.

Qohiradagi "Tahrir" maydonida harbiy boshqaruvga qarshi namoyishlar tinmayapti
Qohiradagi "Tahrir" maydonida harbiy boshqaruvga qarshi namoyishlar tinmayapti

Lekin jamoatchilik orasida bunga ishonch past. Bu kengashga favqulodda vakolatlar berilib, Misrda hokimiyat ko'p jihatdan harbiylar qo'li ostida bo'ladi degan xavotir kuchli.

Qo'shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat yangi tuzum xalq uchun xizmat qiladi degan umidda. G'arb nazarida demokratik parlament barqarorlik garovi bo'lishi lozim.

Musulmon Birodarlar maqsad islomiy tuzumga asos solish emas, balki jamiyatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolatni ta'minlash, mamlakatni rivojlantirish deya qayd etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG