Misr ahli saylovda faol qatnashdi

  • Amerika Ovozi

Qohirada ovoz bergan yoshlar

Qohirada ovoz bergan yoshlar

Misr saylov komissiyasi berayotgan ma’lumotlarga ko’ra, hafta boshida o’tgan parlament saylovlarida aholi faol qatnashgan.

Uzoq yillik avtokrat rahbar Husni Muborak hokimiyatdan olingach Misr ahli ilk bor demokratik saylovlarni boshdan kechirdi, deydi Abdul Muaz, saylov komissiyasi raisi.

Ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 62 foizi saylovga chiqqan. Misr shu kungacha bunday katta sonni ko’rmagan, deydi Abdul Muaz.

Natija haqida gapirishga bir oz erta, deydi u, ovozlar butunlay sanab bo’linmaguncha, xulosa qilmang.

Jarayonni kuzatib kelayotgan ekspertlar taxminicha, parlamentga asosan islomiy guruhlar, jumladan "Musulmon Birodarlar" harakati, “Adolat” partiyasi va “Al-Nur Salafiy” oqimi vakillari saylanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG