Misrda prezidentlik uchun kurash yana bir necha kun davom etadi

  • Amerika Ovozi

29-mayda saylov komissiyasi dastlabki hisobotni beradi. 16-17 iyun kunlari esa saylovning yakuniy qismi bo’lib o’tadi.

29-mayda saylov komissiyasi dastlabki hisobotni beradi. 16-17 iyun kunlari esa saylovning yakuniy qismi bo’lib o’tadi.

Misrda Musulmon Birodarlar harakati prezident saylovlarida yutqazgan nomzodlarni bir davraga to’plab, o’z namoyandasi Muhammad Mursiyni quvvatlashga undamoqda.

Dunyoviy tuzum tarafdori bo’lgan nomzod Ahmad Shafiq esa saylovchilarni unga ovoz berishga chaqirmoqda.

Inqilobdan nima kutgan bo’lsangiz, uni faqatgina zamonaviy jamiyat qurish bilan amalga oshirish mumkin, deydi Shafiq.

Musulmon Birodarlar nomzodi Muhammad Mursiy (o'rtada) poygada oldinda

Musulmon Birodarlar nomzodi Muhammad Mursiy (o'rtada) poygada oldinda

U, ma’lumki, Husni Muborak davrida bosh vazirlik qilgan, shuningdek havo kuchlari qo’mondoni bo’lgan. Shu bois ko’pchilik unga eski tuzum odami deb qaraydi. Lekin Ahmad Shafiq siyosiy tajribasini ko’z-ko’z qilib, dindor emas, dunyoviy liderni tanlang deya targ’ibot olib bormoqda.

Saylovning norasmiy natijalariga ko’ra, Muhammad Mursiy oldinda. U va Shafiqdan tashqari turli partiyalardan yana 12 nomzod bor.

Kelayotgan seshanba kuni, 29-mayda saylov komissiyasi dastlabki hisobonit beradi.

16-17 iyun kunlari esa saylovning hal etuvchi bosqichi bo’lib o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG