Misr sudlarida islomiy partiya a'zolari katta sonlarda o'limga mahkum etilmoqda

  • Amerika Ovozi

"Musulmon birodarlar" a'zolari politsiyani o'ldirganlikda aybdor deb topildi

"Musulmon birodarlar" a'zolari politsiyani o'ldirganlikda aybdor deb topildi

Misrda 183 shaxs o’lim jazosiga mahkum etilgani tasdiqlangan. Hammasi islomiy partiya, Musulmon birodarlar harakati, a’zolari. Ular orasida bu harakat yetakchisi Muhammad Badiy ham bor.

Ular o’tgan yili Minya viloyatida politsiya xodimlari o’limida ayblangan odamlar va aslida sud 683 fuqaroni qatl etilishga loyiq deb topgan edi. Xuddu o’sha paytda Qohirada politsiya bu partiya vakillarini qirgani aytiladi.

Mart oyida chiqarilgan bu hukm xalqaro maydonda keskin qarshilik bilan kutib olingan va qoralangan. Qayta ko’rib chiqilganida, 496 kishi oqlangan va to’rt odamga bir umrlik qamoq jazosi beriladigan bo’ldi.

Musulmon birodarlar rahbari Muhammad Badiy ustidan sud ishlari hali to’xtamagan. U boshqa bir jinoyatda ham ayblanmoqda va u mahkamada ham o’limga munosib deb topilishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG