Breaking News

Misr inqilobidan so’ng matbuotda ulkan o’zgarishlar


Inqilob markazi bo'lmish "Tahrir" maydoniga yig'ilgan yoshlar
Inqilob markazi bo'lmish "Tahrir" maydoniga yig'ilgan yoshlar

Shu yil boshida Misrda yuz bergan inqilob mamlakat ommaviy axborot vositalarini ham o’zgartirib yubordi.

Jurnalistlar yangicha uslubda ishlashni o’rganmoqda. Omma gazeta va jurnallar, radio va telekanallardan xolis, keng qamrovli va haqiqatni aks ettiruvchi axborot talab qilmoqda.

Gazetalar orasida raqobat ancha kuchaydi. Ammo gazetxonlarning hammasi ham siyosiy jarayonlar matbuotda qanday yoritilayotganidan mamnun emas.

Qohiralik Jamol Ali “Amerika Ovozi” muxbiriga har hafta bir dasta gazeta sotib olishi, ammo ulardan ko’ngli to’lmayotganini aytadi:

Qohira ko'chalarida
Qohira ko'chalarida

"Menimcha, matbuot hech o’zgarmadi. Hammasi o’sha-o’sha. Ko’plab maqolalar reklama uchun yozilgan. Ularda yangilik yoq. Lekin men gazeta xarid qilishda davom etaman. O’qishga arzigulik maqola toparman degan umiddaman”.

Bugungi kunda Misr ahli o’z noroziligini bemalol, hech narsadan qo’rqmay, ochiqchasiga bildirmoqda.

Ingliz tilida chop etiladigan “Daily News Egypt” kundalik gazetasi muharriri Rania Al-Malikiy jamoatchilikning talabi oshdi deydi.

"Odamlar o’qiyotgan maqolalariga ancha tanqidiy yondashmoqda. Umuman olganda, Misr fuqarolari ancha talabchan va tanqidiy bo’lib qoldi. Ular gazetada chop etilgan yoki davlat televideniyesi orqali namoyish etilgan reportajlarning hammasiga ham ishonavermayapti”.

Xalq uyg'ondi, u bugun sifatli axborot istamoqda, jurnalistlar bo'yniga buyuk mas'uliyat yuklangan, deydi ziyolilar
Xalq uyg'ondi, u bugun sifatli axborot istamoqda, jurnalistlar bo'yniga buyuk mas'uliyat yuklangan, deydi ziyolilar

Bu esa misrlik jurnalistlar ishini qiyinlashtirdi. Siyosiy va boshqa jarayonlarni yoritish murakkab vazifa ekanini ayon etdi.

Inqilobdan oldin matbuotda hukumat va muxolifat nuqtai nazari aks ettirilar edi. Bugungi kunda esa boshqa taraflarning fikri ham o’z aksini topishi kerak.

Inqilob markazi bo’lgan “Tahrir” maydonida bugun ham o’z fikriga ega va uni aniq bayon etadigan odamlar, ayniqsa yoshlar yig’ilib turadi.

Misr inqilobidan so’ng matbuotda ulkan o’zgarishlar
Misr inqilobidan so’ng matbuotda ulkan o’zgarishlar

Ko’p yillardan beri Qohirada gazeta sotadigan Muhammad Ali fikricha matbuot yaxshi tomonga o’zgarmoqda.

"Gazetalarda muxolifat nuqtai nazari, xususan hukumat haqidagi tanqidiy fikrlar juda ko’p berilyapti, hatto davlatga qarashli gazetalarda ham. Ular endilikda ko’chadagi oddiy odamlar fikrini yaxshiroq aks ettirmoqda. Mendan gazeta xarid qilayotganlar soni ancha ko’paydi. Bularning ba’zilari umrida gazeta o’qimagan odamlar”.

Bunday o’zgarishlar, tabiiyki, jurnalistga yangicha umid va ilhom bahsh etmoqda.

Misr inqilobidan so’ng matbuotda ulkan o’zgarishlar
Misr inqilobidan so’ng matbuotda ulkan o’zgarishlar

Tajribali jurnalist Hisham Qosim inqilob haqiqatda yangi sahifa ochdi deydi.

"Ma’lumotni to’g’ri talqin qilib, barcha professional talablarga javob bera olish kerak. Muxbirlar “bizni xavfsizlik xizmati ta’qib qilyapti, buni yozgin, buni esa yozmagin deb talab qilyapti”, degan gaplarni eshitmaymiz degan umiddaman”.

Shuni aniqki, inqilobdan olti oy o’tib ham, o’tmishda senzura rolini o’tagan Axborot vazirligi hali ham yoq qilinmadi. Muvaqqat harbiy hukumat so’z va matbuot erkinligini cheklashga urinmoqda degan xavotirlar quloqqa chalinadi.

Ammo jurnalist Hisham Qosim hamkasblarini dadil bo’lishga undamoqda.

“Albatta, erkinlikka osonlikcha erishmaysiz. Lekin endi orqaga qaytish yoq”, - deydi u.

XS
SM
MD
LG