Misr "Alvido, Muborak" degani barcha diktatorlarga kuchli signal


“Men shaxsan Misrda xalq qo’zg’alishiga ishonmagan edim. Kutmagan edim. Shuning uchun bunday voqealar O’zbekistonda yoki qo’shni davlatlarda bo’lmaydi deyish qiyin. Inson qayerda yashamasin inson. Zulm, nochorlik, bosim har yerda o’zini birdek namoyon eta

“Men shaxsan Misrda xalq qo’zg’alishiga ishonmagan edim. Kutmagan edim. Shuning uchun bunday voqealar O’zbekistonda yoki qo’shni davlatlarda bo’lmaydi deyish qiyin. Inson qayerda yashamasin inson. Zulm, nochorlik, bosim har yerda o’zini birdek namoyon eta

Arab dunyosidagi g’alayonlar O’zbekiston ommasiga asosan xorijiy axborot vositalari orqali yetib bormoqda.

Respublika matbuoti, televideniye va radiolari mavzuni juda cheklangan tarzda yoritmoqda.

Ulardan nozik mavzularda materiallar kutmaydigan jamoatchilik bundan hayron emas. Rossiya kanallari bor-ku, yangilikni ana ularda tomosha qilishadi.

Qolaversa, internetga rahmat. Bir amallab undan ham u-bu narsa o’qib turish mumkin.

Ziyolilar nazarida Tunisda xalq qo’zg’alib, uzoq yillik diktatura ag’darilgani, Misrda 30 yillik avtoritar rahbarga qarshi namoyishlar tinmayotgani, millionlab insonlar Husni Muborak siyosatiga “yo’q” deb baralla aytayotgani, qo’shni mamlakatlarda ham hukmron doiralar sarosimaga tushib qolgani – Markaziy Osiyodagi yakkahokimlar va ularning temir panjasi ostida yashayotgan xalqlarni o’z taqdiri haqida o’ylantirayotgani tayin.

Misr "Alvido, Muborak" degani barcha diktatorlarga kuchli signal

Misr "Alvido, Muborak" degani barcha diktatorlarga kuchli signal

Qohira ko’chalarida millionlab odamlar “Muborak, sendan to’ydik” deya hayqirar ekan, Ostonada prezident Nursulton Nazarboyev prezidentlik saylovlari erta o’tadi deya farmon berdi.

Parlament uning rahbarlikda umrining oxirigacha qolishini istab, masalani referendumga qo’yish taklifi bilan chiqqan edi.

“Freedom House” – “Ozodlik Uyi” singari huquq himoyasi bilan mashg’ul xalqaro tashkilotlar Nazarboyevni referendumga yo’l qo’ymaslikka chaqirib, bu har qanday qonunga xilof harakat bo’ladi deya qarshilik bildirayotgan edi.

“Ozodlik Uyi” yetakchi xodimi Sem Patten “taklif ma’qullanmaganidan mamnunmiz”deydi, lekin prezident saylovlarining kutilmaganda va qisqa vaqt ichida o’tkazilishi yana bir noto’g’ri burilish bo’ldi.

Sem Patten deydiki, Qozog’iston o’zini regionning eng farovon jamiyati deb qanchalik maqtamasin, erkinlik u yerda ham bag’oyat cheklangan.

Axborot vositalari davlat chizgan chiziqdan chiqishga jur’at etmaydi. Siyosiy raqobat, tanqid va xolis tahlil uchun imkoniyat yo’q.

AQSh Kongressi va Davlat departamentida ishlab yurgan davridayoq Markaziy Osiyodagi siyosiy-ijtimoiy muammolar bilan shug’ullangan Sem Patten fikricha regionning barcha liderlariga xos xususiyatlar bor: o’ziga, atrofidagilarga va xalqqa nisbatan ishonchsizlik hamda ertadan qo’rqib yashash.

Oq O'rda

Oq O'rda

Rahbarlarda iroda bo’lsa, nega 20 yildan oshiq hukmronlikdan keyin ham qonunni bir amallab chetlab o’tish yoki uni o’z shaxsiy manfaatlari uchun o’zgartirish haqida o’ylaydi?

"Yillar davomida Markaziy Osiyoda mana shunga guvohmiz",- deydi u.

Lekin Sem Patten regionning hech bir davlati, xususan O’zbekistonni ham Misr bilan taqqoslashga shoshmaydi.

To’g’ri, deydi u, region musulmon dunyosining bir qismi va Misrda bo’lganidek diktatura ostida. Lekin O’zbekistonning o’ziga xos tarixi va madaniy-ijtimoiy jihatlari bor.

Vaziyat qanchalik og’ir bo’lmasin, xalq tishini tishiga qo’yib, sabr-toqat qilib yashashga o’rgangan, deydi Patten.

Yana bir haqiqat shuki, deydi ekspert, Misrda nima bo’layotganidan qat’iy nazar Islom Karimov xavfsizlik organlariga tayanib qolgan.

“Bu uning qo’li ostidagi tuzum naqadar zaif ekanini anglatadi. Repressiyaga berilgan hukumat xalq qo’zg’alishidan qo’rqib turadi va erkinlikni yanada cheklash payida bo’ladi”, - deydi “Ozodlik Uyi” vakili.

Misr "Alvido, Muborak" degani barcha diktatorlarga kuchli signal

Misr "Alvido, Muborak" degani barcha diktatorlarga kuchli signal

O’zbekistonda bu normal holatga aylanib qolgan, deya tahlil qiladi Sem Patten. Minglab insonlar konstitutsion tuzumga tajovuz qilganlikda ayblanib qamoqda o’tiribdi, qiynoqlar davom etmoqda. Ular biror qilmishi uchun emas, tanqidiy fikri uchun shunday holga tushgan, deydi u, masalan siyosiy she’rlari bilan tanilgan Yusuf Juma.

O’zbekistonni barqaror saqlash uchun mana shunday qattiqqo’l siyosat yuritish kerak degan fikr ham keng tarqalgan. Prezidentga sodiq fuqarolar nazarida Karimovdan boshqa hech kim bu ishni eplay olmaydi.

O’zbekiston hukumati tanqid qilinganda, so’nggi yillarda Qirg’izistondagi holatga ishora qilinadigan bo’ldi: siyosiy-iqtisodiy beqarorlik, xavf, qo’rqinch.

Erkinlik degani prezidentni quvib yuborib, nochor va bir-birimizdan qo’rqib yashash bo’lsa, “bizga bunday demokratiya kerak emas” degan gaplar yangraydi.

Misr "Alvido, Muborak" degani barcha diktatorlarga kuchli signal

Misr "Alvido, Muborak" degani barcha diktatorlarga kuchli signal

“Tashqi siyosat” tahlil jurnali muharriri Stiv Levin izohicha, rahbarlar xalq ulardan to’yganini biladi, shuning uchun ham vahimada yashaydi.

Nazarboyev istasa prezidentlikda umrbod qolishi mumkin, lekin mamlakat ahli orasida norozilik yanada kuchayishidan hayiqadi. Shuning uchun, deydi u, referendum taklifiga yo’q deb, hokimiyatni boy bermaslik uchun boshqa yo’llardan foydalanmoqda.

“Saylovlar (3 aprel) bir yil oldin o’tadi, boshqa nomzodlar u bilan bellashish uchun kuch yig’olmaydi. Chunki vaqt oz. Ikki oy ichida nimaga ulgurasiz? Qolaversa, ular qanchalik kuchli bo’lmasin, Nazarboyev qayta saylanadi. Bu oldindan ma’lum narsa”.

Ko’plab ekspertlar Tunis va Misrdek o’ta kuchli nazorat ostida yashagan jamiyatlarda ijtimoiy portlash yuz berganidan hali ham hayratda.

Oq Saroy

Oq Saroy

Qohirada odamlar ochiqchasiga “Alvido, Murabok” deyaptimi, bu dunyodagi barcha diktatorlarga kuchli signal, deydi Stiv Levin.

“Men shaxsan Misrda xalq qo’zg’alishiga ishonmagan edim. Kutmagan edim. Shuning uchun bunday voqealar O’zbekistonda yoki qo’shni davlatlarda bo’lmaydi deyish qiyin. Inson qayerda yashamasin inson. Zulm, nochorlik, bosim har yerda o’zini birdek namoyon etadi. Odamlar bugun chidab o’tiribdi, ertaga ham chidaydi deb kim kafolat bera oladi”?

Misrdagi tinimsiz namoyishlar va ommaviy norozilik, deydi Stiv Levin, kimgadir kuch-quvvat berayapti, kimnidir ruhlantirayapti, kimnidir esa qo’rqinchga solmoqda. Tahlilchi nazarida Markaziy Osiyo rahbarlari arab dunyosidagi g’alayonlardan to’g’ri xulosa chiqaradi deya olmaymiz. Xavotirli tomoni, deydi u, repressiya yanada avj olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG