Misrda Mursiy tarafdorlari, xavfsizlik kuchlari olishmoqda

  • Amerika Ovozi

Misrda hukumatdan ag’darilgan prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari va xavfsizlik kuchlari o’rtasida kechgan to’qnashuvlarda yetti odam o’lgan. 261 kishi jarohatlangan.

Tuni bilan davom etgan olishuv ketidan poytaxt Qohirada 400 dan ziyod odam qamoqqa olindi.

Misr muvaqqat rahbariyati Mursiyga sodiq Musulmon Birodarlar partiyasi va boshqa guruhlarni yangi hukumat tuzishga bosh qo’shishga da’vat etayapti. Ham birodarlar, ham ultra-konservativ Nur partiyasiga Vazirlar Mahkamasidan joy taklif qilingan, deydi rasmiylar.

Ammo birodarlarning ta’kidlashicha, vaqtli bosh vaziri Hazim al-Biblaviy partiyaga biror taklif bilan murojaat qilmagan. Har qanday tashabbusni rad etgan bo’lar edik, deydi bu partiya a’zolari.

Bugun Qohiradagi janjal paytida politsiya odamlarni ko’zni yoshlantiruvchi gaz yordamida tarqatishga uringan. Odamlar bunga javoban tosh otishga o’tgan.

Qohiraning Musulmon Birodarlar manzili sanalgan Nasr shaharchasida fuqarolar namoyish o’tkazgan. Iskandariya shahrida ham chiqishlar kuzatilgan.

Bu orada, AQSh Davlat kotibi muovini Vilyam Berns ikki kunlik tashrif bilan Misrda.

Muvaqqat ma’muriyat bilan ko’rishga diplomat Qo’shma Shtatlar Misrga o’z hukmini o’tkazmoqchi emas, misrliklar o’z taqdirini o’zi hal qiladi, degan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG