Mursiy ustidan sud Misrdagi ziddiyatlarni kuchaytiradi

  • Amerika Ovozi

Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy ustidan kelasi oyda boshlanishi kutilayotgan sud jamiyatdagi siyosiy ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin. Jarayon, shuningdek, adliya tizimi uchun jiddiy sinov bo’ladi.

Sobiq prezident ustidan sud 4-noyabr kuni boshlanadi. Mursiy o’tgan yili Qohiradagi namoyishlar chog’ida qotillik va zo’ravonlikka undashda ayblanmoqda.

Misr jamiyatida Mursiy va “Musulmon birodarlari” tarafdorlari ko’p. Ularga qarshilar ham kam emas. Ikki taraf o’rtasidagi ziddiyat chuqurlashmoqda.

“Ona zaminda yashab, Nil daryosi suvini ichgan va Misrni sotgan har bir odam sud qilinishi va jazolanishi kerak”, - deydi bir qohiralik.

Mursiy tarafdori esa barcha ayblovlar soxta, deb hisoblaydi.

Mursiyning o’zi qanday fikrdaligini tajribali diplomat, sobiq prezident maslahatchisi Abdulla al-Ashaldan so’raymiz:

"Mursiy o’zini hamon prezident deb hisoblayapti. Shu sababli sudni va hukmni tan olmoqchi emas”.

Sud siyosiy jarayon xolos, deydi al-Ashal:

“Uning aybi harbiy bo’lmay turib, harbiy lavozimini egallaganda”.

Boshqalar esa Misr adliya tizimini himoya qiladi va misol sifatida yana bir sobiq prezident Xusniy Muborak ustidan sud davom etayotganini aytadi.

Siyosiy tahlilchi Saadiddin Ibrohim sud tizimi murakkab vazifani bajarishga qodir, degan fikrda:

“Sud tizimi mavjud, jarayon boshlanmoqda, aybdor ham bor. U sobiq prezident. Shuning o’zi sud tizimi ishlab turganidan dalolat emasmi?!”

Muborak ustidan sud jarayoni jamoatchilik uchun ochiq. Mursiy sudi qanday bo’lishi hozircha noma’lum. Ayrimlar sud Qohiraning Tora qamog’ida, yopiq eshiklar ortida o’tkaziladi, deydi.

Ayni vaqtda Misrda amoyishlar davom etmoqda. Yaqinda Qohira universitetidagi hukumatga qarshi chiqishda olomon adolat talab qildi.

Bir talaba Misrning hozirgi rahbari, general Abdul Fattoh al-Sissiy va Ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohimni qotillikda yablab, sudlashga da’vat etdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG