Muhammad Mursiy va safdoshlariga o'lim jazosi so'ralmoqda

  • Amerika Ovozi

Misrda inqilobdan keyin prezidentlikka saylangan va ikki yil o'tib ag'darilgan Muhammad Mursiy pnajara ortida

Misrda inqilobdan keyin prezidentlikka saylangan va ikki yil o'tib ag'darilgan Muhammad Mursiy pnajara ortida

Bugun Qohirada Misrning 2013-yilning iyul oyida hokimiyatdan ag’darilgan rahbari Muhammad Mursiyning sud ishi qayta boshlandi.

Mursiy va yana 14 kishi 2012-yilning dekabr oyidagi zo’ravonliklarda ayblanmoqda. Shuningdek, vakolatni suiiste’mol qilganlik yuzasidan boshqa ayblovlar ham qo’yilgan.

Sudlanuvchilarning hammasi hozirda terror tashkiloti deya belgilangan Musulmon Birodarlar harakati a’zolari. Mursiy bu guruh yetakchisi.

Aybdor deb topilsa, ularni o’lim jazosi kutmoqda.

Mursiy tarafdorlari nazarida amaldagi generallar Misrni qo’rqinchga asoslangan tuzumga aylantirib, xalqni tamoman o’ziga bo’ysundirish ilinjida.

Demokratiya va erkinlik orzusi, qolaversa din, tamoman chetga surildi, deya noliydi ular.

Qohira va boshqa shaharlarda namoyishlar davom etmoqda. Kimdir Mursiyni yoqlaydi, kimdir esa undan oldingi prezident Husni Muborakni, yana kimdir esa harbiy rahbariyatni.

Misrni vaqtincha boshqarayotganini aytayotgan generallar esa qonun ustuvorligini kafolatlashini qayd etib, Musulmon Birodarlar va boshqa muxolif harakatlarni davlatga qarshi jinoyatlarda ayblaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG