Husni Muborakning sudi 3-avgustda boshlanadi

  • Amerika Ovozi

Husni Muborak Misrni 30 yil boshqargan, 2011-yil boshida xalq g'alayoni natijasida hokimiyatdan ketgan

Husni Muborak Misrni 30 yil boshqargan, 2011-yil boshida xalq g'alayoni natijasida hokimiyatdan ketgan

Misr sobiq prezidenti Husni Muborak ustidan sud jarayoni kelasi hafta poytaxt Qohirada boshlanadi.

Muborakning sog'lig'i yomonlashgani bois sud kechiktirilishi yoki u hozir muolaja olayotgan Sharm al-Shayx oromgohida o'tishi mumkin, degan xabarlar chiqqan edi. Ammo adliya vazirining o'rinbosari mahalliy matbuotga bergan intervyusida sud 3-avgustda boshlanadi deb aytgan.

Sobiq prezident korrupsiya va tinch namoyishchilarni otishga buyurganlikda ayblanmoqda. 18 kunlik inqilob davrida salkam 900 kishi o'lgan edi.

Shifokorlarning bildirishicha, Muborak ancha ozg'inlagan, sog'lig'i zaif. Ammo tanqidchilari nazarida bunday xabarlar uning tarafdorlari tomonidan tarqatilmoqda.

Aybdor deb topilgan taqdirda Muborak o'limga mahkum etilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG