Husni Muborak va o'g'illari davlat mulkini sovurishda ayblandi

  • Amerika Ovozi

Husni Muborak sud hukmini eshitayapti.

Husni Muborak sud hukmini eshitayapti.

Prezident qarorgohini ta’mirdan chiqarish uchun mo’ljallangan millionlab dollar pulni ular o’z mulkini remont qilishga sarflagani aytiladi.

Misr sudi sobiq prezident Husni Muborakni davlat mulkini sovurishda aybdor topib uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Uning ikki o’g’li ayni ayblov bilan to’rt yil qamoq jazosi oldi.

Prezident qarorgohini ta’mirdan chiqarish uchun mo’ljallangan millionlab dollar pulni ular o’z mulkini remont qilishga sarflagani aytiladi.

Uchalasi 3 million dollar jarimaga tortilib, davlat g’aznasiga 18 million dolarga qaytarishi kerak.

Bu Muborakka qarshi qo’zg’atilgan jinoiy ishlardan biri, xolos. 2012-yilda sobiq rahbar yuzlab odamlarning o’limiga aloqador topilib, umrbod ozodlikdan mahrum qilingan.

Bir yil o’tib sog’lig’i yomonlashgani bois kasalxonaga o’tkazilgan. Hozir ishi qayta ko’rib chiqilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG