Misrda prezident Mursiyga qarshi isyon

  • Amerika Ovozi

Namoyishlarga javoban Muhammad Mursiy bugun Qohirada xalqqa murojaat qilgan. “Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ustida ishlayapman. Hukumatda muntazam o’zgarish tarafdoriman”, - dedi u.

Namoyishlarga javoban Muhammad Mursiy bugun Qohirada xalqqa murojaat qilgan. “Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ustida ishlayapman. Hukumatda muntazam o’zgarish tarafdoriman”, - dedi u.

Misr rahbari Muhammad Mursiy prezident vakolatlarini keskin oshirar ekan, muxolifat isyon ko’targan.


Qator shaharlarda Mursiy boshliq Musulmon Birodarlar partiyasining idoralariga o’t qo’yilgan. Qohiraning Tahrir maydonida minglab odam yig’ilib, prezident qarorini tanqid qilgan. Inqilobni himoya qilaylik, degan shiorlar yangramoqda.

Muxolifat yetakchisi, Nobelning Tinchlik uchun mukofoti sohibi Muhammad al Barodiy Mursiyni fir’avnga qiyoslaydi. Hokimiyatni to’liq o’z qo’liga olib, o’ziga choh qazimoqda prezident, deb hisoblaydi Barodiy.

Namoyishlarga javoban Muhammad Mursiy bugun Qohirada xalqqa murojaat qilgan. “Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ustida ishlayapman. Hukumatda muntazam o’zgarish tarafdoriman”, - dedi Mursiy.

Yangi farmonga ko’ra, Misr adliyasi parlament yuqori palatasi va yangi konstitutsiya ustida ishlayotgan assambleyani tarqatishi mumkin emas. Bu ikki idorada Mursiyga sodiq diniy kuchlar ustunlik qilmoqda.

Shuningdek, Mursiy o’tgan yili Husni Muborak rejimiga qarshi inqilobni kuch bilan bostirgan sobiq rasmiylar ustidan qayta sud o’tkazishni buyurdi.

Bu esa sobiq prezident, umrbod qamoq jazosini o’tayotgan Muborakning ishi qayta ko’rilishi, unga jiddiyroq jazo berilishi mumkin degani. Uning qo’lida ishlagan qator arboblar ham yengil jazo bilan qutulib ketdi, deb hisoblaydi faollar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG