Misrda "Musulmon Birodarlar" yana qonuniy harakat

  • Amerika Ovozi

"Musulmon Birodarlar" harakatining Qohiradagi yangi qarorgohi, 30-aprel, 2011-yil

"Musulmon Birodarlar" harakatining Qohiradagi yangi qarorgohi, 30-aprel, 2011-yil

Misr hukumati 1954-yildan beri faoliyati man etilgan "Musulmon Birodarlar" siyosiy harakatiga qo'yilgan taqiqni bekor qilib, guruhni qonuniy deb e'lon qildi.

Harakat o'tgan oy Ozodlik va adolat partiyasiga asos solgan. Guruh sentabrga belgilangan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Tahlilchilar nazarida partiya parlamentda kamida 50 foiz o'rinlarni egallashi mumkin. "Musulmon Birodarlar"dan vakillar oldingi saylovlarda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etgan.

Yangi qonunga ko'ra harakat partiya bo'lishi uchun u ayollar va nasroniylarga ham ochiq bo'lishi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG