Musulmon Birodarlar Misrda hokimiyatga kela oladimi?

  • Al Pessin

Qohira, "Tahrir" maydonida har kuni bir tadbir. Namoyish yoki miting. Yoshu qari shu yerda.

Qohira, "Tahrir" maydonida har kuni bir tadbir. Namoyish yoki miting. Yoshu qari shu yerda.

Bu yil oxiriga borib, Misr yangi parlament uchun ovoz beradi. Mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy guruh Musulmon Birodarlar harakatidir.

Fevral oyidagi inqilob ketidan Misrni harbiylar boshqarib kelmoqda. Muvaqqat hukumat. Endi yangi parlament saylash kerak.

Bu juda muhim qadam, chunki Misrning yangi konstitutsiyasini mana shu organ ishlab chiqadi. Bosh qomus esa kelajak uchun poydevor.

"Tahrir" maydonida namoyishlar ketidan namoyishlar

"Tahrir" maydonida namoyishlar ketidan namoyishlar

Uzoq yillik avtoritar rahbar Husni Muborakni ag’dargan - 25 dan ortiq guruhlar jamlanmasi edi.

Hozir ular alohida oyoqqa turishga harakat qilmoqda, parlamentga saylanish uchun.

Musulmon Birodarlar - mamlakat bo’ylab keng quloch yozgan tizim. “Erkinlik va Adolat” partiyasini ro’yxatdan o’tkazib bo’lgan.

Isam al-Eriyan, Musulmon Birodarlar vakili

Isam al-Eriyan, Musulmon Birodarlar vakili

Isam al-Eriyan bu partiya yetakchilaridan.

“Biz parlamentdagi 30-35 foiz o’rinni egallash niyatidamiz. Boshqa hamkorlarimiz bilan koalitsiya tuzib, hukmronlikni qo’lga olishni istaymiz. Bu degani biz nafaqat bosh vazir, balki butun vazirlar mahkamasida kimlar bo’lishini belgilash vakolatini olamiz”,- deydi al-Eriyan.

Inqilobdan keyingi Misrda xalq ko'ngliga yo'l topish oson bo'lmaydi, deydi ziyolilar. Odamlarni laqillatish oson emas endi. Omma konkret o'zgarishlar talab qilmoqda.

Inqilobdan keyingi Misrda xalq ko'ngliga yo'l topish oson bo'lmaydi, deydi ziyolilar. Odamlarni laqillatish oson emas endi. Omma konkret o'zgarishlar talab qilmoqda.

Olg’a, deb ularni yoqlayotganlar ko’p, lekin Musulmon Birodarlar aholining katta qismi nazarida xavf manbai. Misrga islomiy tuzum kerak emas, deydi ular.

"Bu haqda gap ketayotgani yo’q", - deydi Isam al-Eriyan.

“Shariat bu yashash tarzi. Uni har kimning o’zi tanlaydi. Bu qonuniy majburiyat bo’la olmaydi. Bu e’tiqod”.

Qohira

Qohira

Misr xalqi, deydi al-Eriyan, iymonli va dinni siyosatdan ajrata oladi.

Jurnalist va tahlilchi Hisham Qozim deydiki, bugun Misr ommasini laqillatish oson emas, uning ko’zi pishgan.

“Odamlarga va'z o’qib, iymon-e’tiqod haqida gapirib, ovozini ololmaysiz. Fuqarolarimiz konkret muammolarga konkret javob so’ramoqda”.

Siyosiy partiyalar faollashib, saylovoldi kampaniyasi qizishi kutilmoqda

Siyosiy partiyalar faollashib, saylovoldi kampaniyasi qizishi kutilmoqda

Hisham Qosim izohicha, Musulmon Birodarlar ichki nizolar bilan yuzlashmoqda. Jiddiy kelishmovchiliklar bor, deydi tahlilchi. Harakat yetakchilari buni inkor etadi.

Muborak ketdi, deydi Hisham Qosim, endi siyosiy sahna hamma uchun ochiq.

“Hozir siyosiy partiyalar ko’payib, raqobat kuchaygan. Bu degani omma oldida tanlash imkoniyati keng. Musulmon Birodarlar 10 foiz ovoz olsa, katta gap”.

Bugun Misrda siyosiy maydon hamma uchun ochiq

Bugun Misrda siyosiy maydon hamma uchun ochiq

Bu tahlilga qo’shilmaydigan ziyolilar ham bor.

Professor Saad Iddin Ibrohim fikricha, Musulmon Birodarlar bu yilgi saylov natijasida hokimiyatni egallaydi.

“Ular bunga qodir va kelasi to’rt yilda katta sahnadan tushmaydi”,- deydi u.

Sobi Solih, Musulmon Birodarlar yetakchilaridan, bir paytlar parlament a'zosi bo'lgan, yana saylanish umidida, bu safar guruhning rasmiy vakili sifatida

Sobi Solih, Musulmon Birodarlar yetakchilaridan, bir paytlar parlament a'zosi bo'lgan, yana saylanish umidida, bu safar guruhning rasmiy vakili sifatida

Professor bu harakatga tahdid sifatida qaramang deydi, ayniqsa, diniy jihatdan. Musulmon Birodarlar so’nggi yillarda ancha mo’tadillashgan.

Shuningdek, ular boshqa siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilishga majbur ekanini tushunadi. Demokratik parlamentda bo’lishning talabi shu.

Qohirada Musulmon Birodarlar bosh idorasi oldida

Qohirada Musulmon Birodarlar bosh idorasi oldida

“Inqilobdan kutilgan natijalar yo’lida to’siq bo’lolmaysiz. Xalq bunga yo’l qo’ymaydi. Siyosiy ogohlik kuchli jamoatchilik orasida. Buni partiyalar ko’rib turibdi”, - deydi professor Ibrohim.

Inqilob ortida 25 dan ortiq siyosiy guruh turgan bo’lsa, ularning hammasi parlamentdan o’rin olish ilinjida. Biror partiya mutlaq ovozni ololmasligi mumkin.

Musulmon Birodarlar ta’biricha, ularga 35 foizning o’zi yetib ortadi. Harakatda barakat, deydi ular.

XS
SM
MD
LG