Misrda Musulmon Birodarlar ittifoqchilar izlamoqda

  • Amerika Ovozi

Misrda Musulmon Birodarlar ittifoqchilar izlamoqda

Misrda Musulmon Birodarlar ittifoqchilar izlamoqda

Misrda parlament saylovlarinig uchinchi, so’nggi bosqichida ham Musulmon Birodarlar diniy-siyosiy harakati g’alaba qozonishiga hech kimda shubha yo’q. Eski tuzumda uzoq yillar taqiq ostida bo’lgan bu guruh tenglik, demokratiya va plyuralizm tarafdorimiz, deb keladi. Bu gaplar qanchalik samimiy?

Musulmon Birodarlar bir tomondan mamlakat birligi va demokratik qadriyatlarni targ’ib etsa, boshqa tomondan ayollarning yoki nasroniy fuqarolarning prezident bo’lish ehtimolini inkor etadi. Bu esa aholi orasida xavotirlarga sabab bo’lmoqda.

Harakat rahbarlaridan biri Essam el-Arian demokratiya biz uchun ustuvor maqsad, shuning uchun ayrim islomiy guruhlar, xususan ultra-konservativ salafiylar bilan hamkorlik qilishdan ham bosh tortishga tayyormiz, deydi.

Misrda Musulmon Birodarlar ittifoqchilar izlamoqda

Misrda Musulmon Birodarlar ittifoqchilar izlamoqda

“O’ndan ziyod turli partiyalar bilan demokratik ittifoq tuzganmiz va unga sodiq qolamiz. Salafiylar parlamentda kamida 80 ta o’ringa ega. Xalqning xohish-irodasi bilan erishilgan natija, buni hurmat qilamiz. Lekin o’zimizning demokratik ittifoqdan ajralmaymiz”.

Mafkura emas, balki milliy birlik muhim, deya davom etadi Musulmon Birodarlar vakili.

“Inqilob paytida qanot yozgan milliy birdamlik mamlakat bo’ylab kuchayishda davom etishiga umid qilamiz. Yangi parlamentdagi barcha siyosiy bloklar birgalikda ishlashi lozim”, - deydi Essam el-Arian.

Misrda Musulmon Birodarlar ittifoqchilar izlamoqda

Misrda Musulmon Birodarlar ittifoqchilar izlamoqda

Ayrimlar nazarida, murosasozlik ohangida yangrayotgan bu bayonotlar ortida pragmatik sabablar yotibdi. Gap shundaki, inqilob misrliklar hayotiga ular kutganchalik o’zgarish olib kelgani yo’q. Armiyadan xafsalasi pir bo’lgan xalq yangi parlamentdan ko’p narsa kutyapti.

“Shoruk” gazetasi siyosiy sharhlovchisi Fahmi Xoveidiyning aytishicha, Musulmon Birodarlar bunday katta mas’uliyatni yakka o’zi olishga tayyor emas.

"Liberal bo’ladimi, dunyoviy qarashga ega boshqa partiyalar bo’ladimi, ittifoqchilar kerak ularga”, - deydi jurnalist.

Bayonotu-taxminlar naqadar to’g’riligini yaqin kelajak ko’rsatadi. Biroq yangi konstitusiyani yozish jarayonida turli partiyalar orasidagi tafovut ko’zga tashlana boshladi.

23-yanvar kuni yangi parlamentning birinchi sessiyasi bo’lib o’tadi. Hozirda Musulmon Birodarlar barcha guruh va shaxslarni o’z tarafiga og’dirishga harakat qilmoqda.

Misrdagi saylov manzarasi:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG