Breaking News

Muhammad Mursiy – Misrda prezidentlikka nomzod


Muhammad Mursiy
Muhammad Mursiy

Misrda Musulmon Birodarlar guruhi yetakchisi Muhammad Mursiy mamlakatning inqilobdan so’nggi birinchi prezidenti etib saylanishi mumkin.

Omma oldida gapiradimi, tajribali siyosatchilar oldidami, Mursiy nima deyishni yaxshi biladigan ko’rinadi.

Talabalar bilan uchrashuvda nomzod savol bering, faol bo’ling, deydi.

”Men davom ettirishingizni xohlayman. Prezident saylovlaridan keyin ham, men saylansam ham, inqilob davom etsin, deyman”.

Muhammad Mursiy Misrning Edva shahrida tug’ilib o’sgan. AQShda tahsil olgan. Oddiy oiladan chiqqan.

”Men badavlat oilada tug’ilmaganman. Otam og’ir mehnat bilan, ter to’kib, katta qilgan bizni. Meni eshakka o’tkazib maktabga olib borardi”.

Qohira
Qohira
Kim bilan gaplashmasin Mursiy Misr o’zgarishi kerak, deydi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarish zarur, dinimizga xos tarzda, deydi u.

Uni tinglashga kelganlarga bu gaplar ma’qul.

”Muhammad Mursiy prezidentlikka loyiq. Muhammad Mursiy deb biz Misrda yashash imkoniga egamiz. Ilgari quvg’inda edik”, – deydi nomzod tarafdorlaridan biri Xanna Zakariya.

Inqilobdan keyin Musulmon Birodarlarning hokimiyatga kelishidan ayrimlar xavotirda. Masalan, mamlakat nasroniylari.

Muhammad Mursiyning rafiqasi Nagla Ali yurt diniy birdamlikda yashay oladi degan fikrda:

”Musulmonlar va nasroniylar orasida muammo yo’q, ayniqsa haqiqiy musulmonlar, islom tamoyillarini tushunganlarda”.

Musulmon Birodarlarning kelajakdagi siyosatidan tashvish bildirayotganlar ham bor.

Tadqiqotchi Sayid Husniy muxolifat faoliyati cheklanmasmikan deya xavotirda.

”Men ularga qarshiman, chunki boshida prezidentlikka da’vo qilmaymiz, dedi, lekin keyinchalik nomzod qo’ydi. Va’dasida turmaydi ular”.

Musulmon Birodarlar parlamentda eng katta kuch. Lekin xalq hayoti o’zgarmayapti.

“Qani o’zgarish? Bir qarang-a bizga. Egnimizda o’sha-o’sha chopon. Eski avtobuslarda yuribmiz. Mursiyni saylaganimizda nima o’zgarardi?" – deydi haydovchi Mag’diy.

Inqilobdan keyin odamlar hukmdorlarga talab qo’yishni, ulardan javobgarlikni talab qilishni o’rgangani aniq. Misr birinchi haqiqiy demokratik prezident sayloviga tayyorlanmoqda. G’olib xalq talablarini bajara olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG