Breaking News

"Tahrir" maydonida qonli to'qnashuvlar


"Tahrir" maydoni, 26-noyabr 2011
"Tahrir" maydoni, 26-noyabr 2011

Qohiraning “Tahrir” maydoni hamon minglab namoyishchilar bilan to’la. Ular bugun politsiyani toshbo’ron qila boshlagach, xavfsizlik kuchlari ko’zni yoshlantiradigan modda qo’llagan.

To’qnashuvlar ayni damlarda ham davom etmoqda. Bir namoyishchi o’lgani ma’lum. Politsiya mashinasi uni urib ketgan.

Namoyishchilar atigi shunday qilindi desa, xavfsizlik organlari bu baxtsiz hodisa deydi.

Aleksandriya shahrida ham namoyishlar tinmayapti. Bir necha kishi jarohatlangan.

Misr parlament saylovlari arafasida. 28 va 29-noyabr kunlari xalq yangi qonunchilar uchun ovoz beradi. Ular keyin mamlakatning yangi bosh qomusini ishlab chiqadi. Prezident saylovlar qachon o’tishi undan keyin belgilanadi.

Harbiy boshqaruv hukumatni fuqaro qo’liga topshirishga ko’ngan, lekin odamlar orasida jarayonga ishonch past.

Namoyishga chiqqanlarning xavotiri shuki, harbiylar hokimiyatdagi rolini saqlab qolishga urinmoqda, ya’ni demokratik tuzum o’rnatilishiga yo’l bermaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG