Misrda namoyishlar davom etmoqda, kamida 33 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Misrda namoyishlar davom etmoqda, kamida 33 kishi o'lgan

Misrda namoyishlar davom etmoqda, kamida 33 kishi o'lgan

Misr politsiyasi Qohiradagi "Tahrir" maydonida nazorat o'rnatishga urinmoqda.

Harbiy hukumat faoliyatidan norozilar poytaxt Qohiradan tashqari Aleksandriya va Suvayish shaharlarida to'plandi.

Qohirada zobitlar namoyishchilarning palatkalarini buza boshlaganida to’qnashuvlar boshlangan. Olomon politsiyani toshbo’ron qilgan, avtomobillarini ag’dargan.

Qohira, 20 noyabr, 2011

Qohira, 20 noyabr, 2011

"Biz inqilobni qayta boshlayapmiz. U hamon davom etmoqda. Tushunarlimi? Bu ikkinchi inqilob emas, birinchisi hamon davom etyapti", - deydi namoyishchilardan biri.

Qon to’kilishi hollari mamlakat bo'ylab xavotir uyg'otmoqda.

Namoyishlarga Musulmon Birodarlar yetakchilik qilmoqda.

Xalq noroziligi shundaki, harbiy hokimiyat muhim siyosiy qarorlarni o’zi hal qilishga, ya’ni parlamentga umuman bo’ysunmaslikka harakat qilmoqda.

Namoyishchilar boshqaruv fuqarolar qo'liga o’tishini talab qilmoqda.

"Bizning kecha va bugun bu yerda yig'ilishimizdan maqsad - demokratiyani talab qilishdir. Biz armiya xalq ustidan nazorat o'rnatishini istamaymiz. Axir biz inqilobni demokratiya deb qildik-ku", - deydi namoyishchilardan biri.

Noyabr oxirida Misr ahli yangi parlamentga ovoz beradi. Bu Husni Muborak taxtdan ag’darilganidan keyingi birinchi saylov.

Yangi parlament yangi konstitutsiyani ishlab chiqadi. Ana undan keyingina prezident saylovlari bo'lib o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG