Mursiy politsiya va armiyaga Misrda tartib o'rnatishni buyurdi

  • Amerika Ovozi

Qohirada prezident Mursiyga qarshi shiorlar, Misr, 10-dekabr, 2012-yil

Qohirada prezident Mursiyga qarshi shiorlar, Misr, 10-dekabr, 2012-yil

Misr prezidenti Muhammad Mursiy shanba kunga belgilangan referendumda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiylarga tartibni buzayotgan fuqarolarni hibsga olishni buyurgan. Armiyaga bu borada politsiyaga madad berish vazifasi topshirilgan.

Misrdagi liberal kuchlar yangi konstitutsiya loyihasini islomiy guruhlar tayyorlagan, deya referendum rejasiga qarshi chiqmoqda.

Milliy xaloskorlik fronti bayonot chiqarib, hujjat Misr xalqi xohish-irodasini aks etmaydi, degan. Yangi konstitutsiya kattaroq to’qnashuvlarga yetaklaydi, deyiladi muxolif guruh bayonotida.

Mursiy tanqidchilari seshanba kuni ommaviy namoyish uyushtirmoqchi. Ular nazarida yangi konstitutsiya loyihasida ayollar huquqlari haqida lom-lim deyilmagan. Jamiyatni islomiylashtirish fuqarolik erkinliklariga putur yetkazadi, deydi ular.

Prezident Mursiyning aytishicha, agar hujjat shanba kuni ma’qullanmasa, uni yangidan ishlab chiqish uchun yangi komissiya tuziladi va yana ovozga qo’yiladi.

Misr harbiylari barcha siyosiy kuchlarni murosaga chaqirmoqda. Davomiy tortishuv mamlakatni fojiaga yetaklaydi va biz bunga yo’l qo’ymaymiz, deyiladi armiya bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG