Breaking News

Misr yangi konstitutsiya yuzasidan ovoz bermoqda


"Tahrir" maydoni, Qohira
"Tahrir" maydoni, Qohira
Misrda fuqarolar yangi konstitutsiya yuzasidan ovoz bermoqda. Bugun prezident Muhammad Mursiy ham saylovga chiqqan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 15-dekabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:12 0:00
Yuklab oling

Ovoz berish huquqiga ega misrliklarning yarmi 22-dekabrdan keyin referendumda qatnashadi.

Saylovlar bu jamiyatda bir necha kunlik murakkab jarayon. Xavfsizlikni ta’minlash uchun 120 ming harbiy safarbar etilgan.

Bosh qomus loyihasi asosan Musulmon Birodarlar va ularning parlamentdagi ittifoqchilari tomonidan yozilgan.

Liberal qarashdagi siyosatchilar nazarida hujjat erkin jamiyat uchun zamin yaratmaydi. Unda shariatga urg’u berilgan va ko’plab uzviy huquqlar, jumladan xotin-qizlar tengligi haqida gap yo’q, deydi arboblar.

Kecha Aleksandriya shahrida hukumatdan norozi omma politsiyani toshbo’ron qilgan. Xavfsizlik kuchlari esa ularga qarshi ko’zni yoshlantiradigan gaz ishlatgan. 15 kishi jarohatlangan.

Poytaxt Qohira va boshqa yirik shaharlarda ham ommaviy chiqishlar tinmayapti. Minglab odamlar qatnashayapti. Aksariyat hollarda bu namoyishlar tinch o’tmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG