Misr inqilobchilari islohotlarning davomini talab qilyapti

  • Al Pessin

Misr inqilobchilari islohotlarning davomini talab qilyapti

Misr inqilobchilari islohotlarning davomini talab qilyapti

Misrda Husni Muborakning qatiqqo’l va adolatsiz siyosatidan charchagan xalq shu yil boshida uni hokimiyatdan ag’dargan edi. Yangi rahbarlardan norozi misrliklar bugun yana islohot talabi bilan Tahrir maydonida.

Huquq-tartibot organlarini isloh qilish, sobiq rasmiylarni sudlash, fevral oyida Tahrir maydonida namoyishchilarni o’qqa tutganlarni jazoga tortish – bu asosiy talablar.

Muvaqqat hukumat jiddiy choralar ko’rilayotganini isbotlash maqsadida 600 nafar politsiya xodimini ishdan bo’shatdi. Lekin maydonga chiqqanlarning aksariyati bundanda jiddiyroq o’zgarishlarni talab qilmoqda:

"Bu yerga kelishimning sababi – men hech qanday o’zgarish ko’rmayapman. Harbiylar siyosatni ham zaharlab bo’lishdi”, - deydi bu ayol.

Misr inqilobchilari islohotlarning davomini talab qilyapti

Misr inqilobchilari islohotlarning davomini talab qilyapti

“25 yanvarda boshlagan ishimizni yakuniga yetkazishimiz kerak. Maqsad axir mamlakatni, jamiyatni qaytadan qurish edi”, - deydi yana bir misrlik.

Boshqalar xalqni qoniqtiradigan reformalar hali bo’lgani yo’q, deb noliydi.

Mahalliy gazeta bosh muharriri Rania Al Malikiga ko’ra, qaytadan boshlangan namoyishlar yangi hukumatga ishonchsizlik belgisidir.

“Ichki ishlar vaziri talablar bajarilishi haqida bayonot berdi, ammo hech kim unga quloq solmayapti. Xalqning toqati toq”, - deya vaziyatni izohlaydi jurnalist.

Misrdagi hodisalarni chetdan kuzatgan odam uchun bu chiqishlar har juma o’tayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin aslida Tahrir maydoni har kuni gavjum.

Inqilob paytida nobud bo’lganlarning qotillari aniqlanib, jazoga tortilmasa, biz bu yerda o’tirishda davom etamiz, deydi ular.

Misr inqilobchilari islohotlarning davomini talab qilyapti

Misr inqilobchilari islohotlarning davomini talab qilyapti

Uzoq yilar muxolifatda bo’lgan professor Saad Eddin Ibrohim uchun inqilob - amalga oshgan orzudir. Prezidentga qarshi chiqishlar qilgani uchun qamoqqa tashlangan va uch yil davomida har kuni qiynoqqa solingan.

Professor Ibrohim fikricha, namoyishlarning davom etayotgani, so’zsiz, ijobiy jarayondir.

“Nihoyat qo’rquvdan xalos bo’ldik. Nimadanki norozi bo’lsa, xalq nafaqat Tahrir maydoni, balki mamlakatning barcha maydonlariga chiqishga tayyor”, - deydi suhbatdosh.

Ommaviy chiqishlar jumladan Aleksandriya shahrida ham bo’lib o’tdi. Minglab misrliklar nihoyat taqdirini o’z qo’liga olayotganidan darak. Va’dalardan to’ygan Misr ahli maqsadiga erishadi, deb hisoblaydi kuzatuvchilar.

XS
SM
MD
LG