Rossiya: Misrda qulagan samolyotda bomba bo'lgan

  • Amerika Ovozi

O'tgan oy Misrning Sinay yarimorolida Rossiya samolyotining qulashi terrorizm deya baholanmoqda. Layner qulagan joyda va bagaj orasida portlovchi moddalarning qoldiqlari topilgan.

Federal xavfsizlik xizmati, FSB, tekshiruv natijalarini e'lon qilar ekan, javobgar shaxslarni topishda qo'l keladigan ma'lumot uchun 50 million dollar mukofot belgiladi.

Misrning Sharm al-Shayx kurortidan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyotda 224 yo'lovchi bo'lgan, hech kim omon qolmagan. Laynerda 1 kilogram TNT moddasi joylashtirilgani aytiladi.

Prezident Vladimir Putin jinoyatchilarni yerning tagidan bo'lsa ham topamiz va jazolaymiz, demoqda. Qidiruv uzluksiz davom etadi, deydi prezident.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG