Misr mudofaa vaziri: Barqarorlik tiklanmasa, davlat parchalanadi

  • Amerika Ovozi

Misr Mudofaa vaziri general-leytenant Abdul Fattoh al-Sissiy (chapda) va prezident Muhammad Mursiy, Qohira, 13-avgust, 2012-yil

Misr Mudofaa vaziri general-leytenant Abdul Fattoh al-Sissiy (chapda) va prezident Muhammad Mursiy, Qohira, 13-avgust, 2012-yil

Misr harbiy rahbari va Mudofaa vaziri Abdul Fattoh al-Sissiyning aytishicha, mamlakatda siyosiy barqarorlik tiklanmas ekan, davlat parchalanishi mumkin. Arbob bu haqda harbiy akademiyada kursantlarga so’zlagan.

Misrda favqulodda holat va komendant soati joriy etilganiga qaramay qator shaharlarda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Omma favqulodda holat bir oyga cho’zilishi mumkinligidan g’azabga kelgan. Poytaxt Qohirada namoyishchilar politsiyaga tosh otgan, politsiya esa o’z navbatida ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llagan. Port-Said, Suets shaharlarida ham tartibsizliklar kuzatilgan.

Vazirlar Mahkamasi prezidentga xavfsizlikni ta’minlashda politsiyaga yordam tariqasida harbiylarni safarbar etishga ruxsat bergan. Muhammad Mursiy barcha kuchlarni murosaga, muxolif guruhlar va arboblarni muzokaraga chaqirgan, ammo muxolifat taklifni rad etgan.

O’tgan payshanbadan beri Misr bo’ylab 50 odam o’lgan, aksariyati Port-Said shahrida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG