Misr Suriya bilan diplomatik aloqani uzdi

  • Amerika Ovozi

Misr prezidenti Muhammad Mursiy Qohirada tarafdorlari oldida nutq so'zlamoqda, 15-iyun, 2013-yil

Misr prezidenti Muhammad Mursiy Qohirada tarafdorlari oldida nutq so'zlamoqda, 15-iyun, 2013-yil

Misr prezidenti Muhammad Mursiy Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzib, Damashqdagi Misr elchixonasini yopishni buyurdi.

Misrdagi konservativ sunniy ulamo Suriyada shia hukumat va unga yordam berayotgan Livanning Hizbulloh guruhini sunniylarga qarshi zug’umda ayblar ekan, diniy arboblar Mursiyni Suriya hukumatiga qarshi jihod e’lon qilishga chaqirmoqda.

Misr rahbari Hizbullohdan Suriyani tark etishni so’ragan. Guruhga Eronning yordam berayotgani aytilar ekan, sunniy arab davlatlar Suriyadagi mojaroni mazhablararo ixtilof sifatida ko’rmoqda.

“Assad rejimining o’z xalqiga qarshi zo’ravonliklaridan so’ng unga bo’lajak Suriyada joy yo’q”, dedi Mursiy poytaxt Qohirada to’plangan minglab tarafdorlariga murojaat qilib.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG