Tehronda dafn marosimida omma to'qnashdi

  • Amerika Ovozi

Eronliklar bosh ko'tardi

Eronliklar bosh ko'tardi

Eronda yana namoyishlar. Hukumat ommani kuch bilan tarqatib yuborishga harakat qilmoqda. Prezident Barak Obamaning aytishicha Amerika Eron xalqini quvvatlaydi.

Tehronda hafta boshida ommaviy chiqishlar paytida o'lgan student bugun dafn qilinar ekan, odamlar yana to'qnashgan.

26 yoshli talaba Sano Jale dushanba kuni halok bo'lgan edi.

Hukumat ham, muxolifat ham talabani shahid deya, biz uchun kurahgan edi, deya ta'kidlamoqda.

Yigitning o'limida tomonlar bir-birini ayblagan.

Dushanba kuni omma Misr va Tunisdagi qo'zg'olonlarni qo'llab, ko'chaga chiqqan edi.

Bu ikki qo'shni davlatda uzoq yillik avtokrat rahbarlar taxtdan quladi.

Eron hukumati muxolifatga javoban juma kuni "nafrat marshi" o'tkazishni rejalamoqda.

Parlament a'zolari muxolifat yetakchilari Mir Husayn Musaviy va Mehdi Karubiyni tanqid qilib, hafta boshidagi "g'alayon ijrochilari" deya ta'riflagan.

Ayrim deputatlar ikki arbobni sud qilib, qatl etishga undadi.

Ular nazarida Musaviy va Karubiy Isroil hamda Qo'shma Shtatlar manfaatini ko'zlab ish tutmoqda.

Tehronda dafn marosimida omma to'qnashdi

Tehronda dafn marosimida omma to'qnashdi

Muxolifat rahbarlari hozir uy qamog'ida. Karubiy vatanim uchun har qancha kurashishga tayyorman, deydi.

Tahlilchilar Eronda muxolif kuchlar hamon borligi, e'tiroz bildirish, kurashishga hozir ekani muhim, deydi.

2009 yilda bu davlatda prezident saylovlari ketidan avj olgan ommaviy namoyishlar ayovsiz bostirilgan, o'nlab odam o'lib, yuzlab nafari qamoqqa tashlangan edi.

Prezident Barak Obama fikricha, Eron hukumati ikki yoqlama siyosat yuritmoqda.

“Eron hukumati Misrdagi qo’zg’olonni olqishlab chiqqan, lekin Tehronda namoyishchilarga zo’ravonliklar qilinayotganiga guvohmiz”,- deydi Obama.

“Haqqini talab qilayotgan odamlar do’pposlanayapti, o’qqa tutilmoqda”,- deydi u.

“Eron xalqi fikr bildirish, hukumatdan arz qilishga haqli”, - deydi Obama.

Tehronda dafn marosimida omma to'qnashdi

Tehronda dafn marosimida omma to'qnashdi

Yosh avlod imkoniyat so’ramoqda. Hukumat fuqarolar bilan hisoblashishi lozim.

“Misr bunga misol. Biroq demokratiya qaror topishi uchun hali ko’p ishlar qilinishi zarur”, -deydi Obama.

Prezident fikricha AQSh Misrda tarafkashlik qilgani yo’q.

“Qo’zg’olon shu yurt ahlining ishi. Misr kelajagi bu xalq qo’lida”,- deydi Obama.

Obama Misrda vaqtincha hukmron harbiylar xatti-harakatini maqtamoqda. Namoyishlar paytida armiya ijobiy rol o’ynadi, deydi u.

Harbiylarning bayon qilishicha, xalqaro hamjamiyat bilan imzolangan bitimlar, xususan qo’shni Isroil bilan kelishuvlar o’z kuchida qoladi.

Tehronda dafn marosimida omma to'qnashdi

Tehronda dafn marosimida omma to'qnashdi

Misr muxolifati ham armiya so’zida turishiga, demokratik islohotlar bo’lishiga ishonadi.

Biroq, deydi Obama, uzoq yillik repressiya ketidan yangi davlat qurish oson emas. Salkam uch hafta davom etgan namoyishlar iqtisodiyotni yanada holdan toydirdi. Misr tashqi dunyo yordamiga muhtoj.

AQSh Mudofaa vazirligi Misr muvaqqat rahbari, marshal Muhammad Tantaviy bilan muntazam aloqada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG