Misr ahli Amerikadan g'azabda/Egypt-US
Misr - Amerikaga ko'p jihatdan qaram davlat. AQSh unga har yili o'rtacha 2 milliard dollarga teng yordam uzatadi. 1979-yilda Misr Isroil bilan tinchlik bitimi imzolaganidan beri shunday. Bu ko'makning asosiy qismi armiyaga atalgan. Lekin Misrda anti-amerikanizm kuchli. Moliyaviy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy madad bu jamiyatda Amerika nufuzini oshirib qo'yayotgani yo'q. Harbiy tizim tarafdorlari fikricha ham, armiya qudratini pasaytirish kerak deb bong urayotganlar nazarida ham, Qo'shma Shtatlar Misrdagi demokratik harakatlarni sidqidildan quvvatlayotgani yo'q. Jamoatchilik Vashingtondan norozi.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Mart 28, 2024
Ukraina: G’alaba yo'lida xayr-ehson
-
Mart 28, 2024
AQShda dori-darmon tanqisligi
-
Mart 27, 2024
Xalqaro hayot - 27-mart, 2024-yil
-
Mart 27, 2024
Ukraina: Bolalar uchun mina, granatalar haqida kitoblar
-
Mart 26, 2024
Xalqaro hayot - 26-mart, 2024-yil