Misrda harbiylar hokimiyatni topshirishga shoshmayapti

  • Amerika Ovozi

Misrni boshqarayotgan harbiy kengash rahbari feldmarshal Muhammad Husayn Tantaviy

Misrni boshqarayotgan harbiy kengash rahbari feldmarshal Muhammad Husayn Tantaviy

Misrda kecha prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi o'tdi. Mamlakatni vaqtincha boshqarayotgan harbiy kengash hokimiyatni oy oxirigacha saylangan rahbarga topshirishni va'da qilmoqda.

Kengash muvaqqat konstitutsiya joriy etgan. Ayrim kuzatuvchilar nazarida unda yangi prezident vakolatlari cheklangan. Xususan, hujjat generallarga parlamentda quyi palata yangilanguncha qonunchilik vakolatlarini beradi.

Palata kengash tomonidan o'tgan hafta tarqatilgan. Yangi va doimiy konstitutsiya yozilmaguncha, saylovlarni o'tkazish taqiqlangan. Bu ish bilan esa harbiylar tayinlagan komissiya shug'ullanadi. Generallarda konstitutsiya loyihasi bandlarini veto qilish huquqi bo'ladi.

Bu o'rtada Musulmon Birodarlar harakatidan nomzod Muhammad Mursiy ikki kunlik saylovlar yakuniga ko'ra g'alaba qilganini aytmoqda. Norasmiy natijalarga ko'ra, unga saylovchilarning 52 foizi ovoz bergan.

Uning raqibi, sobiq bosh vazir Ahmad Shafiq bu da'volarni inkor etmoqda. Tarafdorlariga ko'ra, islomchilar rasmiy natijalarni kutmasdan g'alabasi haqida ovoza qilayotgani saylov jarayoniga ta'sirini o'tkazmoqchi bo'lganidan dalolatdir va bu adolatdan emas.

Musulmon Birodarlar harbiy kengash joriy etgan muvaqqat konstitutsiya va parlamentni tarqatish haqidagi qarorni rad etmoqda. Quyi palatada islomiy guruhlardan deputatlar ko'pchilik edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG