Misrda 683 kishi o'limga mahkum etildi

  • Amerika Ovozi

"Musulmon birodarlar" a'zolarining yaqinlari sud hukmiga munosabat bildirmoqda. Minya, Misr, 28-aprel, 2014-yil

"Musulmon birodarlar" a'zolarining yaqinlari sud hukmiga munosabat bildirmoqda. Minya, Misr, 28-aprel, 2014-yil

Misr sudi “Musulmon birodarlar” harakatining 683 a’zosini bir politsiyachining o’limida va qator boshqa zo’ravonliklarda aybdor topib, o’limga mahkum etdi.

Hukm janubdagi Minya shahridagi sudda e’lon qilindi.

Birodarlar o’tgan yil avgustida Minya va mamlakatning boshqa joylaridagi qonli namoyishlar ortida turganlikda ayblanmoqda.

O’tgan oy aynan shu sudda xuddi shu ayblovlar bilan 529 mahbus o’limga mahkum etilgan edi. Mahkama ikki kun davom etgan xolos.

Misr muvaqqat hukumati harakatni terrorchi tashkilot deb e’lon qilib, ko’p yetakchilarini qo’lga olgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG