“Amerika harbiy madadi va demokratik o’zgarishlar o’zaro bog'liq”

  • Amerika Ovozi

AQSh mudofaa rasmiylari o'zga davlatlar bilan hamkorlikda gap ko'p, deydi

AQSh mudofaa rasmiylari o'zga davlatlar bilan hamkorlikda gap ko'p, deydi

AQSh admirali Mayk Mullen Misr kabi davlatlarga harbiy yordamni uzish xato bo’ladi, deydi. Ayrim siyosiy tahlilchilar bu fikrga qo’shiladi. Tashqi yordam demokratiyaga hissa qo’shadi, deydi ular.

AQSh qonunchilari byudjet kamomadi bilan olishar ekan, xarajatni kesish yo’llarini qidirmoqda. Chetga atalgan harbiy madad, mudofaa sarfiyati ular diqqat markazida.

Admiral Mayk Mullen ehtiyot bo’lib qaror qabul qilaylik, deydi.

“Hovliqib, pul tejaymiz deb, katta xatoga yo’l qo’yishimiz mumkin”, - deydi admiral.

“Amerika harbiy madadi va demokratik o’zgarishlar o’zaro bog'liq”

“Amerika harbiy madadi va demokratik o’zgarishlar o’zaro bog'liq”

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts Misr qurolli kuchlarini olqishlaydi. Uningcha, ikki davlat armiyasi hamkor ekanida gap ko’p.

Tahlilchi Xein Gomans nazarida bu gaplar asosli. “Tashqi yordam”,-deydi olim, “ta’sir richaglaridan biridir”.

Misr har yili Qo’shma Shtatlardan 1,3 milliard dollar yordam oladi. Harbiy yordam Misr kelajagi uchun muhim.

Davlat xalqaro ko’makka qancha ko’p tayansa, gapga tezroq ko’nadi, adolatli saylovlar kabi talablarni chaqqonroq bajaradi, deydi Marinov.

“Amerika harbiy madadi va demokratik o’zgarishlar o’zaro bog'liq”

“Amerika harbiy madadi va demokratik o’zgarishlar o’zaro bog'liq”

Bu ikki olim dunyoda harbiy qo’zg’olonlarni o’rganib keladi. Ularning aytishicha, sovuq urush davridan keyin har to’rt davlatning uchtasida xalqaro madad erkinlik, tenglik, siyosiy o’zgarishlarga hissa qo’shgan.

Misrda hokimiyatni vaqtincha qo’lga olgan harbiylar 6 oy ichida prezident va parlament saylovlari o’tkazishga va’da bergan. Armiya hukumatga da’vogar emasmiz, deya ishontirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG