Breaking News

AQSh elchisi: Ramazon hayiti muborak bo'lsin!


AQshning O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol
AQshning O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol

Amerika Qo'shma Shtatlarining O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol Ramazon hayiti munosabati bilan O'zbekiston xalqiga tabrik yo'lladi.

"Butun dunyodagi musulmonlar muqaddas Ramazon oyini toat-ibodatda bo'lish, ro'za tutish va xayr-ehson qilish orqali hamjihatlikda o'tkazadi.

O'zbekiston va Amerika Qo'shma Shtatlarida ham bunday ma'naviy yangilanish davri oilalar va jamoalarga xursandchilik baxsh etib, ularni o'zaro yaqinlashtiradi.

Bugun millionlab amerikalik musulmonlar Ramazon hayitini butun dunyodagi, shu jumladan O'zbekistondagi dindoshlariga qo'shilib nishonlaydi.

Keling, ushbu muqaddas kunda, mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalar rivojlanib borar ekan, Qo'shma Shtatlar va O'zbekiston xalqi diniy bag'rikenglik hamda bir-birini tushunishday umumiy qadriyatlar asosida munosabatlarni qanday qilib yangi bosqichga ko'tarishi borasida mulohaza qilaylik.

Ana shunday ko'tarinki kayfiyat bilan kelgusida siz va oilangizga tinchlik, farovonlik, sog'lik va baxt tilayman.

Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!"

Muqaddas ayyomni aks ettirgan tasvirlar:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG