Din

Amerika: Qurboni hayiti muborak bo'lsin!

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama islom ahlini Qurbon hayiti bilan qutlamoqda.

Tinchlik-xotirjamlik, erkinlik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va baraka hech bir jamiyat va xonadonni tark etmasin, deydi u Oq uydan yo'llagan tabrigida.

Obama deydiki, Amerika islomni va musulmonlarni hurmat qiladi. Dunyo xalqlari tenglik va adolatda yashasin deganda bu din vakillarini ham nazarda tutiladi, deydi prezident.

Islom tinchlik elchisi shu bois ham bu e'tiqoddan o'z yovuz va shafqatsiz maqsadlari yo'lida foydalanayotgan terror tizimlariga toqat qilmaymiz, deydi Obama, "Islomiy davlat" va al-Qoida singari ekremist guruhlarga ishora qilib.

AQShning O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol kecha o'z tabrigini izhor etib, O'zbekiston xalqiga bu muqaddas bayramda tinchlik va barqarorlik, farovonlik tiladi.

Diplomat bu yil Makkai mukarramaga borib, haj amalini ado etgan barcha o'zbekistonliklarni muborakbod etdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG