Afg'oniston ahli: Yangi rahbar xalq dardini tinglasa, tinchlik bo'lsa

  • Amerika Ovozi

Odamlar yangi prezident xalq xizmatida bo’lishini, iqtisodiyot yaxshilanishini istaymiz, deydi. Faqat xarob o'lka deb eslayverishmasa bizni, deya niyat qiladi ular.

Afg’oniston aholisi bugun yangi prezidentni sayladi. Fuqarolar sakkiz nomzoddan qay birini prezidentlikka loyiq topgani bir necha haftadan so’ng ayon bo’ladi.

“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan odamlar mamlakatda tinchlik va barqarorlik qaror topishini, yangi rahbar Afg’oniston ahli xizmatida bo’lishini, iqtisodiyot yaxshilanishini istaymiz, deydi.

Faqat xarob o'lka deb eslayverishmasa bizni, deya niyat qiladi ular.

Muxbirimiz Abdulbasir Ilg’or oddiy aholi fikrini tingladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG