Turkiyadagi saylovlarda hukmron partiya g'olib

  • Amerika Ovozi

10 yildan oshiq davlatni boshqarayotgan partiya yarim yil oldingi saylovlarda yetarli ovoz to'play olmagan, ketidan partiyalar koalitsiya tuza olmagach, Erdog'an kuzda qayta saylovlar o'tkazishni buyurgan edi.

Turkiyada Prezident Rajap Toyib Erdog'anning hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi yakshanba kungi parlament saylovlarida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

10 yildan oshiq davlatni boshqarayotgan partiya yarim yil oldingi saylovlarda yetarli ovoz to'play olmagan, ketidan partiyalar koalitsiya tuza olmagach, Erdog'an kuzda qayta saylovlar o'tkazishni buyurgan edi.

Kecha berilgan ovozlar deyarli hisoblab bo'lindi va ayon bo'lishicha, "Adolat va taraqqiyot" partiyasi salkam 50 foiz jamg'arishga muvaffaq bo'lgan. Bu esa partiya 550 kishilik parlamentda kamida 316 ta o'rinni qo'lga kiritdi, degani.

Bosh vazir Ahmad Dovuto'g'li yakshanbani "g'aba kuni" deya ta'riflayapti.

Parlamentga kirgan barcha partiyalarni yangi, dunyoviy konstitutsiya ustida birgalashib ishlashga da'vat etaman, dedi Dovuto'g'li. U, shuningdek, shaffof hukumat, byurokratiyadan xoli siyosat yuritishga undamoqda.

Hisoblarga ko'ra, asosiy muxolifat - Respublikachilar xalq partiyasi 25 foiz jamg'argan. Kurdlarni qo'llab-quvvatlagan Xalq demokratik partiyasi va Millatchilar harakati ham parlamentga kirdi.

Xalq demokratik partiyasidan Salohiddin Demirtashning aytishicha, Turkiya ahli bugun qo'rquvda yashamoqda. Fuqarolar hukmron partiya chegara bilmay ketganidan xavotirda, deb hisoblaydi muxolifat vakili.

Turkiyada mana bir necha oydirki, Erdog'an hukumati va kurdlarni yoqlagan muxolifat o'rtasida munosabatlar tarang. Oppozitsiya taqiqdagi isyonkor Kurdiston ishchilar partiyasi bilan aloqador ekani Anqaraning asabiga tegmoqda. Yakshanba kungi saylovlar natijalari ayon bo'lgach, Turkiyaning asosan kurdlar yashovchi Diyorbakir shahrida namoyishlar o'tdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG