O’zbekistonda huquq himoyachisi ruhiy kasalxonada

  • Amerika Ovozi

Faol mamlakatda ro’yxatga olinmagan O’zbekiston Huquq himoyachilari alyansini boshqaradi

Faol mamlakatda ro’yxatga olinmagan O’zbekiston Huquq himoyachilari alyansini boshqaradi

O’zbekistonda taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlayeva 5-aprel kuni Toshkentdagi ruhiy xastaliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Yaqinlari va hamkasblarining aytishicha, u Turkiyaga safaridan keyin o’zini g’alati tuta boshlagan va qarindoshlar iltimosi bilan psixiatriya kasalxonasiga olib ketilgan.

Hozirda Urlayevaning ahvoli yaxshi, deyiladi O'zbekiston inson huquqlari faollari bayonotida.

Faol mamlakatda ro’yxatga olinmagan O’zbekiston Huquq himoyachilari alyansini boshqaradi. Qonunbuzarliklar, mansabni suiiste’mol qilish, inson huquqlarini oyoqosti qilish kabi holatlar haqida bong urib keladi.

Hamkasblar nazarida u kasbiy faoliyati uchun atayin jazolanib, kasalxonaga joylashtirilgan. Fuqaro jamiyati faollari xalqaro tashkilotlar va demokratik davlatlarni masalaga e’tibor qaratib, Yelena Urlayevaga madad ko’rsatishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG