Musulmon kongressmen "Islomiy davlat" do'q-po'pisasiga javob berdi

  • Amerika Ovozi

Kongressmen Kit Ellison

Kongressmen Kit Ellison

AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Kit Ellison “Islomiy davlat” do’q-po’pisasiga keskin javob berdi. Uning aytishicha, Daishdagilar bir to’da yolg’onchi, qotil, zolim va tajovuzkorlar.

“Men tanigan musulmonlardan birortasi ularning ta’limotini islom diniga aloqador deb bilmaydi”, - dedi kongressmen.

“Islomiy davlat” o’z tarafdorlarini Ellison va G’arbdagi ayrim musulmonlarni o’ldirishga da’vat etgan.

“Men adolat, bag’rikenglik, hamma hamjihatlikda yashay oladigan dunyo uchun kurashyapman, shuning uchun Daish dushmaniga aylandim”, - deydi AQSh Kongressidagi ikki musulmon qonunchidan biri.

“Islomiy davlat”ning internetda chop etilgan tahdidi AQSh, Kanada, Britaniya va Avstraliyadagi musulmon arboblarga qarshi qaratilgan. Jangarilar ularning ro’yxatini e’lon qilib, xoinlar deb atagan.

Daish maqolasida “yo’ldan adashganlar “Islomiy davlat”ga taslim bo’lsa, avf etiladi” deyiladi.

Jangarilar ro’yxatiga, shuningdek, sobiq davlat kotibasi Xillari Klintonning yordamchisi Xumo Abedin va AQShning Islom hamkorligi tashkilotidagi sobiq elchisi Rashad Husayn ham kiritilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG