Din

AQSh qonunchisi: "Islomiy davlat" islomiy emas

  • Amerika Ovozi

AQSh Vakillar palatasi a'zosi Kit Ellison

AQSh Vakillar palatasi a'zosi Kit Ellison

Musulmon kongressmen Kit Ellison “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi bayonot chiqardi.

“Ular o’ldirish va yakson qilishni biladi xolos. O’zlariga tarafdor topish maqsadida islom nomidan foydalanishadi. Bu to'da har kuni islomga rioya qiladigan 1,5 milliard odamni aks ettirmaydi”, - dedi qonunchi o'z videomurojaatda.

Bryusselda shu hafta yuz bergan xurujlar ketidan musulmonlarga nisbatan salbiy kayfiyat kuchaygan bir paytda AQSh Kongressining musulmon a'zosi aholini haqiqiy din, dindorlar va ular nomidan manfur ishlarga qo’l urayotgan jinoyatchilar o’rtasidagi farqni tushunib olishga chaqirdi.

“Agar siz Qur’on, hadis, siyrat yoki sunnatdan javob qidirayotgan bo’lsangiz, uni IShIDdan topa olmasligingiz aniq”, - dedi qonunchi.

Aksincha, dedi u, islom haqida, musulmonlar haqida haqiqiy manbalardan, dinning asl asoslaridan o’rganish kerak.

“O’rganing, odamlar bilan aloqada bo’ling va real muammolarga tinch yechim topish uchun musulmonlar bilan birga ishlang”, - dedi AQSh Vakillar palatasi vakili Kit Ellison.

22-mart kuni Belgiya poytaxti Bryusselda yuz bergan uchta portlashda 30 dan ortiq kishi o'lgan, 200 ga yaqin odam jarohatlangan. Xuruj uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” o’z zimmasiga oldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG