Texasda energetik inqilob qilgan tadbirkorlar

  • Amerika Ovozi

Natural gas is pumped from the ground of the Beaumont Municipal Airport in Beaumont, Texas, November 2010. (file photo)

Natural gas is pumped from the ground of the Beaumont Municipal Airport in Beaumont, Texas, November 2010. (file photo)

AQSh energetika sohasida inqilob davri… Yangi texnologiyalar, yonilg’I olishning yangi usullari ixtiro qilinmoqda. “Amerika Ovozi” Texas shtatining Xyuston shahrida bo’lib, bugungi manzara bilan tanishdi.


“LEAM Drilling Systems” kompaniyasining yuk tashuvchi mashinalari kompresslangan tabiiy gazda ishlaydi.

Kompaniya prezidenti Skott Bredlining aytishicha, tabiiy gaz arzon va 18 ta mashina bilan ishni bitirish mumkin.

“V-10 motorIi F-550 rusumidagi mashinalarni “Ford” kompaniyasidan buyurganmiz. Sotib olganimizga bir yil bo’ldi. Juda yaxshi ishlayapti. Gap yo’q”.

Gaz narxining pasayishiga aynan shu yer, Texasda ixtiro etilgan texnologiya sabab bo’ldi. Uni yaratgan - Jorj Fidias Mitchell.

Jorj Fidias Mitchell, tadbirkor

Jorj Fidias Mitchell, tadbirkor

“Mamlakatimizda mustaqil va yirik kompaniyalarning neft va gaz sohasida erishgan yutuqlari hayratlanarli. Boshqa mamlakatlarda ham shunday jarayon kuzatilmoqda”.- deydi tadbirkor.

Mitchell rahbarligidagi kompaniya 1970-yillarda ikki texnologiya – gidravlik qatlamlash va gorizontal burg’ilashda tajribalar o’tkazgan. Muvaffaqiyatga erishgach, 2002-yilda Mitchell yangi uslublar haqida hisobot yozdi. Boshqa kompaniyalar ham unga ergashdi.

“Anchagina pul ishladim. Boshqalarga ham shunday imkoniyat bergim keldi”,- deydi tadbirkor.

Mitchell hurmatga sazovor mutaxassis, deydi Xyuston Universitetidagi Neft va geologiya fakulteti rahbari Don Van Nyuenxuz.

“Jorj Mitchell bir-biridan farq qiladigan ikki texnologiyani, ya’ni gorizontal burg’ilash va gidravlik qatlamlash uslubini birlashtirdi va butun sanoatga daromad qilishni o’rgatdi”.

Emili Vurt - oziq-ovqat va suv tozaligi uchun kurashadigan tashkilot xodimi. Mutaxassis deydiki, gaz qazib olinayotgan joylarga yaqin qishloqlarda aholi katta zarar ko’rmoqda. Ichimlik suvining sifati buzilgan.

“Bu amaliyot natijasida havo zaharlanmoqda. Biz nafas olayotgan havoga metan va benzin hamda saraton kasalligiga olib keladigan boshqa zararli moddalar chiqayapti”,- deydi Vurt.

Biroq texnologlar nazarida qonun-qoidaga rioya qilinsa, gidravlik qatlamlashning hech zarari yo’q.

So’rovlarga ko’ra, aksariyat amerikaliklar yangilanadigan energiya manbalariga oid tadqiqotlar tarafdori. Ko’pchilik tabiiy gaz sohasining rivojlanayotganidan mamnun, axir bu yangi ish joylarining yaratilishi, yonilg’i narxining pasayishiga olib kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG