Toshkentda Yevropa Ittifoqi elchisi ishga kirishdi


Prezident Islom Karimov o'tgan yil boshida Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozo bilan uchrashib, Toshkentda Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi ochishga kelishib olgan edi

Prezident Islom Karimov o'tgan yil boshida Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozo bilan uchrashib, Toshkentda Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi ochishga kelishib olgan edi

Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi yangi elchisi Norber Justen yaqinda ishonch yorlig’ini topshirdi.

Mamlakatda ittifoq vakolatxonasini ochish o’tgan yili prezident Islom Karimovning Bryusselga safari paytida muhokama qilingan edi. Vakolatxona, ayniqsa, huquq bilan bog'liq ahvolni kuzatishi kerak.

Keyinroq idora ish boshlashi shubha ostiga ham olindi.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov deydiki, ittifoqi vakolatxonasi ma’lum davlat manfaatlarini ifoda etmasligi bilan ajralib turadi, ayniqsa, inson huquqlari yuksak qadriyat sifatida e’tirof etilgan Yevropada.

“Lekin bu safar Yevropa O’zbekiston bilan hamkorlikka majburligi bois shunaqa qildi. Birinchi navbatda, albatta, xavfsizlik turadi, chunki O’zbekistonsiz Markaziy Osiyo bilan hamkorlik qilib bo’lmaydi. Bu davlat aholisi mintaqaning yarmini tashkil etadi; hamma mamlakat, jumladan, Afg’oniston bilan chegaradosh. Regionga doir strategiyani O’zbekiston bilan hisoblashmay turib shakillantirish mumkin emas”, - deydi siyosatshunos.

Yevropa Ittifoqi diplomati Norber Justen

Yevropa Ittifoqi diplomati Norber Justen

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Toshkent ham, Yevropa Ittifoqi ham muloqotdan manfaatdor.

Vazirlik bayonotida ittifoq vakolatxonasi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim maydon bo’lishiga umid bildirilgan.

Rabbimov fikricha, Yevropa insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun O’zbekistonni jazolash taktikasidan voz kechib, bunday siyosat avtoritarizm gullab-yashnashiga xizmat qilishi mumkin.“Bilamiz, masalan, Shimoliy Koreya, Kuba kabilarni izolyatsiya qilish rejimni yanada yopdi. Lekin O’zbekiston bu davlatlardan farq qiladi, jug’rofiy, ijtimoiy- siyosiy jihatdan ham yopiq bo’lolmaydi. U tashqi ta’sirlarga ochiq, orol emas, hatto Rossiyadagi o’zgarishlar O’zbekistonda sezilishi mumkin. Boshqa tomondan, hukumatning o’zida Yevropa bilan hamkorlikka kuchli ehtiyoj bor ”, - deydi Rabbimov.

O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi yaqinlashayotgani demokratiya, erkinlik masalasiga qanchalik ta’sir qilishi haqida hozircha biror narsa deyish qiyin, deydi mutaxassislar.

O’zbekistonlik huquq himoyachisi, Germaniyada yashayotgan Umida Niyozova ta’rificha Yevropadan namuna olish tarafdori.

“Germaniya inson huquqlari bo’yicha muammo bo’lsa, buni sanksiya va bosim emas, faqat muzokaralar yo’li bilan hal etish kerakligini ta’kidlab keladi”, - deydi u.

Rabbimov so’zlariga ko’ra, Yevropa rasmiy Toshkentni xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik jihatidan qiziqtiradi. Ittifoq ham bu mamlakat siyosiy islohotlarga tayyor emasligi yaxshi biladi.

Parijda norozilik chiqishi

Parijda norozilik chiqishi

“Bir tomondan, Yevropa Ittifoqi inson huquqlarini nazardan qochirmaydi, boshqa tomondan, bosimni haddan tashqari oshirmaslikka harakat qiladi. Chunki yuzaki da’vatdan samara bo’lmaydi, kuchliroq bo’lsa Toshkent bilan hamkorlik zarar ko’radi. O’zbekiston hukumati muloqotdan bosh tortmasada, tashshabbus to’laligicha o’zida qolishini xohlaydi. Hozir ham shunday”, - deydi Rabbimov.

Prezident Karimovning o’tgan yil yanvar oyida Bryusselga safari, Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozo bilan muzokarasi huquq tashkilotlari noroziligiga sabab bo’lgan, O’zbekistonga nisbatan keskinroq pozitsiyada turishni talab qilgan edi.

Yevropa ahli e'tiborini jalb qilish maqsadida bu tashkilotlar, huquq himoyachilari va o'zbekistonlik muhojirlar kecha Fransiya poytaxti Parijda chiqish qildi.

Yig'in, xususan, Karimovning tavallud kuniga bog'lanib, unda talaba yoshlar, fransuz jamoatchiligidan ham odamlar ishtirok etgan.

Namoyishda "Siyosiy mahbuslarga ozodlik", "Dunyo jamoatchiligi O'zbekistondagi yovuz siyosatga bepisand qolmasligi kerak" kabi shiorlar yangradi.

"30-yanvar...O'zbekistonda naqadar yovuz va shafqatsiz odam tug'ilganini, bu odamning o'zbek xalqiga munosabati naqadarligini suratlar, plakatlar yordamida namoyish etdik", - dedi huquq himoyachisi Mo'tabar Tojiboyeva, "O'tyuraklar" klubi rahbari.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG