Yevropa Belarus hukumatini yangi sanksiya bilan jazoladi

  • Amerika Ovozi

Yevropa Belarus hukumatini yangi sanksiya bilan jazoladi

Yevropa Belarus hukumatini yangi sanksiya bilan jazoladi

Yevropa Ittifoqining Belarus rasmiylariga qarshi qabul qilgan yangi sanksiyalari avtoritar rahbariyat xatti-harakatlariga javob deya baholanadi.

Hozirda Belarusning kamida 170 mulozimi, jumladan, prezident Aleksandr Lukashenko qora ro’yxatda. Bularga yana 13 kishi qo’shilgan.

O’tgan yil dekabrida prezident saylovlari ketidan faol va nomzodlarni ta’qib qilib, qamashda ishtirok etgan sudya va prokurorlar qora ro’yxatdan joy olgan arboblardan.

Lukashenko o’zini to’rtinchi bor g’olib deb e’lon qilgach, avj olgan namoyish kuch bilan bostirilgan, onlab muxalifatchi, jumladan prezidentlikka nomzod uch arbob qamalgan edi.

Belarusda fuqaroni ezish va tahqirlash hollati keng tarqalgan. “Bunga nisbatan tadbir ko’rishimiz shart”, - deydi Yevropa mutasaddilari.

Huquq himoyachisi, tashqi ishlar sobiq muovini Andrey Sannikov prezidentlikka da’vogar edi. U saylovda ikkinchi o’rinni egallagan.

Sannikov hukumatni haqorat qilganlikda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Rafiqasi, jurnalist Irina Kalipga ikki yil qamoq jazosi belgilangan.

O’tgan oy Belarus sudi prezidentlikka sobiq nomzodlar Vladimir Nelyayev va Vitaliy Rimashevskiyni ikki yilga ozodlikdan mahrum etgan.

Yana ikki arbob, davlat rahbari lavozimiga ko’z tikkan Nikolay Statkevich va Dmitriy Uss ustidan sud ishi davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG