Breaking News

Yevropa Ittifoqi ekstremizmga qarshi kuchliroq choralar ko’radi


Yevropa Ittifoqining ijroiya organi ekstremizmning turli ko’rinishlari, irqchilik, ksenofobiya va diniy radikalizmga qarshi yangi kurash choralarini taklif etmoqda.
Yevropa Ittifoqi ekstremizmga qarshi kuchliroq choralar ko’radi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:09 0:00
Yuklab oling

Mintaqada ultra o’ngchi guruhlar tobora qanot yozayotgani, xorijdagi jangari to’dalarga qo’shilayotgan odamlar ko’payayotgani bunga sababdir.

Ittifoq ichki ishlar komissari Sisiliya Malmstromning aytishicha, oxirgi yillarda yuzlab yevropalik Suriya, Sudan va Somali kabi mamlakatlarga jo’nab ketib, o’sha yerda harbiy tayyorgarlikdan o’tgani va jang qilayotgani ma’lum. Ekstremistik propagandaning ta’siri bor bunda.

“Shu kungacha Yevropadan taxminan 1200 kishi jo’nab ketganini bilamiz. Bu yoshlarning ayrimlari terrorizmni maqsad qilgan gruppirovkalarga qo’shilgan, jang maydonida pishgan. Ular urush zonasidan uyga qaytishi Yevropa xavfsizligi uchun tahdid”, - deydi rasmiy.

Bryusselda o’tgan matbuot anjumanida ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan 10 bandli dastur e’lon qilindi.

Sisiliya Malmstrom so’zlariga ko’ra, ittifoq doirasidagi ayrim hukumatlar xavfni jiddiy qabul qilmayapti.

Xatarni bartaraf etishga asosiy diqqat qaratilishi kerak. Birinchidan, ta’limiy dasturlar orqali. Ikkinchidan, kim chet eldagi harbiy bazalarga chiqib ketayotganini aniqlash uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik orqali.

“Yevropa Ittifoqiga a’zo har bir davlat ekstremistik to’dalardan ajralishni, tinch hayotga qaytishni istagan fuqarolar uchun maxsus programmalar ishlab chiqsin. Jarayon oson bo’lsin va uni targ’ib qilaylik”, - deydi ichki ishlar komissari.

Fransiya prezidenti Fransua Olland uning mamlakatidan 700 kishi jang qilish uchun Suriyaga jo’nab ketganini ma’lum qildi.

“Terror tizimlariga zarba berish, ularga boshpana bergan davlatlarga bosimni oshirish kerak”, - deydi Olland.

Yevropada ksenofobiya, zo’ravonlik va irqchilikni bayroq qilgan guruhlar ham mutasaddilarning diqqat markazida. Qit’a bo’ylab ultra o’ngchi partiyalar nufuzi oshayotgani xavotirga molik.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG