Yevropa Ittifoqi O'zbekistonda Human Rights Watch idorasining yopilganidan afsusda

  • Amerika Ovozi

Ketrin Eshton, Yevropa Ittifoqida tashqi siyosatga mas'ul rasmiy

Ketrin Eshton, Yevropa Ittifoqida tashqi siyosatga mas'ul rasmiy

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha mas'ul rasmiysi Ketrin Eshton inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch xalqaro tashkilotining O'zbekistondagi idorasi sud hukmiga ko'ra yopilganidan taassuf bildirgan.

"Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan aloqalarni kuchaytirishga bel bog'lagan, biroq bu jarayon inson huquqlari, demokratlashtirish va qonun ustuvorligi sohalaridagi yutuqlarga qarab belgilanadi" deyiladi rasmiy bayonotida.

"Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga bu borada yordam berishga, o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishga tayyor. Demokratik institutlar, qonun ustuvorligi va asosiy erkinliklar ta'minlansagina, davomiy taraqqiyot bo'ladi. Tashkilot O'zbekiston hukumatini Yevropa Ittifoqi doirasidagi inson huquqlari muloqot jarayonida faol bo'lishga chaqiradi" deyiladi bugun chop etilgan bayonotda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG