Yevropa Ittifoqi qochoqlar uchun Turkiyaga 3,3 milliard dollar beradi

  • Amerika Ovozi

Suriyalik qochqinlarning minglab yangi to’lqini Turkiya chegarasida to’planib borar ekan, Turkiya va Germaniya muammoni hal qilish bo’yicha bir qator choralarni amalga oshirishga kelishgan.

Anqarada Germaniya Kansleri Angela Merkel bilan uchrashgan Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovutog’li qochoqlar inqirozini hal qilishda NATO ishtirokini kengaytirish bo’yicha kelishib olingani haqida gapirdi.

“Turkiya va Germaniya NATOga yangi reja taqdim etadi. Unga ko’ra, NATO Suriyadan kelayotgan qochoqlar oqimini hal qilishda ishtirok etadi. Shuningdek, Egey dengizida va chegarada NATO kuzatuv mexanizmidan samarali foydalanish yo’lga qo’yilishi kerak”, - dedi Dovuto’g’li.

Dovuto’g’lining aytishicha, Turkiya chegarada turgan minglab suriyaliklarni zaruratga qarab qabul qiladi.

O’tgan yili bir milliondan ortiq qochoqqa boshpana bergan Germaniya Kansleri Angela Merker Halabdagi qiyinchiliklardan tashvishda ekanini bildirdi.

“O’tgan kunlarda yuz bergan inson fojeasidan nafaqat tashvishlandik, balki dahshatga tushdik. Asosan, Rossiya havo hujumlari natijasida yuz bergan portlashlar oqibatida o’n minglab odam parokandalikka yuz tutdi”, - dedi Germaniya yetakchisi.

Rossiya amaliyotlarni “etnik qatliom”ga tenglashtirgan Davuto’g’lining aytishicha, Turkiya qochoqlarni baribir qabul qiladi, degan tushuncha bilan vaziyatga befarq qarash qabul qilib bo’lmas holatdir.

Yevropa Ittifoqi shanba kuni Turkiyadan qochoqlarga chegarani ochishni so’radi. Ittifoq a’zolari Anqaraga qochoqlarga yordam berish uchun 3,3 mlrd. dollar mablag’ berishga rozi bo’lgan. Shu yo’l bilan Yevropaga kelayotgan muhojirlar sonini kamaytirish maqsad qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG